ONA TILIM SOFLIGI – MILLAT BARQARORLIGI
Til sofligini saqlaş, adabiy til qoidalari buzilişining oldini oliş, davlat tilini boyitiş, Vatan va millat taqdiriga befarq bölmagan har bir insonning burçi hamda vazifasidir.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qöyilgan va özbek tili mustaqil davlatimizning bayroği, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan qonun bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlaş, xalqimiz, avvalo, yoş avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda özbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Şu kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida “Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi” Qonuni qabul qilinganining 31 yilligi keng nişonlanmoqda.
Davlat tilini boyitiş, yanada takomillaştiriş, til madaniyatini yuksaltiriş borasidagi saʼy-harakatlarni kuçaytiriş faqat biz öqituvçilarning emas, balki millat ertasini öylaydigan har bir ziyolining zimmasidagi masʼuliyat, vijdon amri ekanini unutmasligimiz kerak. Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş maqsadida Prezident Farmoni qabul qilinib, 21-oktabr – “Özbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilindi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida davlat tilini rivojlantiriş Departamenti taşkil etildi. Departamentning asosiy vazifalaridan biri davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş, uşbu sohada jamoatçilik nazoratini joriy etişdan iborat.
Prezident Farmoniga köra, davlat tili haqidagi Qonunning yangi tahriri işlab çiqilişi, şuningdek, ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritiş böyiça Atamalar Komissiyasi taşkil qilinişi közda tutilgan.
Bunda atamalar asosan özbek tilida kiritilişini istardim, çunki hozir özbek tilimizga özlaşgan sözlar aynan ingliz, rus kabi tillarida işlatilyapti. Bu holat adabiy til rivojiga jiddiy tösiqdir. “Qaysiki yurtni yöq qilmoqçi bölsang avval uning ona tilini yöq qil. Şunda u xalq öz-özidan yöqoladi”, deguvçi millat va tilimiz duşmanlariga juda qöl kelişi aniq. Şuning uçun özligimiz ramzi bölgan ona tilimizning sofligini saqlaylik. Prezidentimiz davlat tili sofligini saqlaşga katta eʼtibor qaratmoqda. Demak, biz har birimiz bunga öz hissamizni qöşişimiz kerak. Xulosa qilib aytganda, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, Yurtboşimiz omon bölsin. Davlatimiz doimo ravnaq topsin, farzandlarimiz zamonaviy texnologiyalarni yanada puxtaroq egallab, bundan-da aqlliroq, zukkoroq, bilimdonroq bölib yetişsin va bizdan köra baxtliroq yaşasin! Jahonda özbek tili va özbek elining obrösi tobora oşib boraversin.
Muborak XALILLAYeVA, 1-sonli maktab ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶