TUMANIMIZDAGI MAKTABLARDA PIRLS XALQARO BAHOLAŞ DASTURINING TAJRIBA-SINOV JARAYoNI BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimizda taʼlim tizimini yanada rivojlantiriş borasida keng qamrovli islohotlar amalga oşirilmoqda. Respublika xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholaş sohasida xalqaro tadqiqotlarni taşkil etiş, öquvçi-yoşlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, ijodiy ğoyalari va ijodkorligini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş böyiça qator amaliy işlar qilinmoqda. Şu maqsadda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholaş sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş borasida ham samarali işlar olib borilmoqda. Uşbu qaror asosida belgilangan PIRLS – boşlanğiç sinf öquvçilarining matnni öqiş va tuşuniş darajasini baholaş böyiça xalqaro tadqiqot dasturining tajriba-sinov jarayonlari boşlab yuborildi.
Tajriba-sinov jarayonlari özbek tilida 21-22-oktyabr kunlari tumanimizdagi 31-,28-sonli umumtaʼlim maktablarida ötkazildi. Jarayonni Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspektsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholaş böyiça xalqaro tadqiqotlarni amalga oşiriş milliy markazi boş mutaxassislari Komil Mamadjanov hamda Avazbek Şokirovlar olib bordilar.
Aytiş kerakki, 2021-yilda ötkaziladigan PIRLS xalqaro baholaş dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi maktablarning 4-sinf öquvçilari ham ilk marotaba iştirok etadi. Kelayotgan 2021-yil tadqiqotning beşinçi davriyligi bölib, har beş yilda ötkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf öquvçilarining öqib tuşuniş könikmasini xalqaro darajada baholaydi. Öquvçilarning erişgan yutuqlarini baholaş barça öquvçilardan emas, balki uşbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan öquvçilardan obektiv testlarni ötkaziş orqali amalga oşiriladi. Şuningdek, maktab direktorlari, öqituvçilar, öquvçilar, hattoki ota-onalardan sörovnomalar ötkazilib, taʼlim sifatiga taʼsir etuvçi omillarga doir qimmatli maʼlumotlar töplanadi.
PIRLS xalqaro tadqiqotining tajriba-sinov jarayonini taşkil etişda tumanimizdagi har ikkala maktablarda maktab koordinatorlari tayinlangan bölib, ular maktabning boşlanğiç sinflari öquvçilari va ularga taʼlim berayotgan öqituvçilar röyxatini şakllantirdilar. Tanlab olingan sinflar, öquvçilar, öqituvçilar va nazorat şakllarini töldirişga kömaklaşdilar. Test materiallarini tekşirib, ular aynan test topşirayotgan sinf öquvçilari va öqituvçilariga tegişli ekanini nazorat qilib oldilar hamda maktabda barça test topşirayotgan öquvçi va öqituvçilar uçun yetarliça nusxalar mavjudligini aniqladilar.
Tajriba-sinov jarayonini ötkaziş maqsadida har bir tanlangan maktabdan bitta sinf tanlab olindi va undagi barça öquvçilar jarayonda iştirok etdilar. Sinflar PIRLS dasturi talablariga binoan tasodifiy tanlab olindi. Sinflarga test ötkaziş şaklining blankasi taqdim etildi. Har bir test jarayonini ötkaziş uçun maktablardagi tinç, keng va öquvçilar topşiriqlarni heç qanday noqulayliklarsiz bajara olişga imkon beradigan xonalar tanlab olindi. Umumiy jarayon uçun zaruriy tayyorgarlik, baholaş testini ötkaziş va öquvçi sörovnomasini töldirişi uçun 2 yarim - 3 soat vaqt ajratildi.
PIRLS xalqaro tadqiqot dasturining tajriba-sinov jarayonlari tumanimizda samarali taşkil etilib, muvaffaqiyatli ötkazildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶