TUMANDAGI MAKTABLARGA 70 XIL NOMDAGI JAHON VA ÖZBEK ADABIYoTIGA DOIR KITOBLAR TARQATILDI
Kitob – qalblarni yorituvçi nur, tafakkurni boyituvçi xazina, kamolot çöqqisi va maʼnaviy komillikka yetaklovçi hamrohdir. Kitob – insonning erkin fikrlaşi, dunyoqaraşining kengayişi, aqlan yetuk bölişi, maʼnaviyatining şakllanişida asosiy örinni egallaydi. Kitob öqigan insonning aqli çarxlanib, maʼnaviyati boyib, yetuklik sari ildamlayveradi. Şu sababli ham mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoşlarimizni kitob mutolaa qilişga, badiiy asarlar öqişga jalb qiliş eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Joriy yilning 27-oktyabr sanasida tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 38-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil qilingan marosim ham şu maqsadlarga yönaltirildi. Şu kuni Xalq taʼlimi vazirligi bilan Özbekiston Yozuvçilar Uyuşmasi hamkorligida Amudaryo tumanidagi barça umumtaʼlim maktablari uçun jönatilgan 70 xil nomdagi jahon va özbek adabiyotining durdona asarlaridan iborat jami 2 ming 407 dona badiiy adabiyotlar karvoni tumanimizga yetib keldi.
Tumandagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida mazkur kitoblarni maktablarga tarqatiş marosimi taşkil qilindi. Uşbu tadbirda tumanimizdagi maktablardan köplab öqituvçi hamda öquvçilar iştirok etdilar. Tuman Xalq taʼlimi bölimi masʼullari kitoblarni belgilangan miqdorda taqsimlab, maktablarga tarqatdilar. Bu kabi tadbirlar öquvçi-yoşlarimizda kitobga bölgan mehr hamda kitob öqişga qiziqişlarining yanada oşişiga xizmat qilişi, şubhasiz.
Buyuk şoir va mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy taʼbiri bilan aytganda: “Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donişmandlarning bilim xazinasi bilan oşno eta oladi”. Darhaqiqat, kitobdan olinadigan bilim va maʼnaviy quvvatni heç bir manba bera olmaydi. Hatto bugungiday şiddat bilan rivojlanayotgan zamonda ham bu bebaho neʼmat öquvçining doimiy hamrohi bölib kelmoqda. Kitob öqigan öğil-qiz borki, fikri teran, öqişi namunali, saboqlarni özlaştirişi taxsinga loyiq böladi. Qolaversa, badiiy adabiyot orqali özini tutiş, odob va axloq meʼyorlaridan hayotiy misollar orqali boxabar böliş, örganiş, ibrat oliş mumkin. Şu tufayli ham hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan boğliq masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Yoşlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalaş uçun kitob öqiş masalasi yoşlar orasida keng tarğib qilinmoqda.
Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni çuqur qaror toptirişga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yoş avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltirişda, ona Vatani, xalqiga muhabbat va sadoqat tuyğusi bilan yaşaydigan barkamol şaxsni tarbiyalaşda beqiyos ahamiyatga ega bölgan kitobxonlik madaniyatini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida” Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bu boradagi işlarni amalga oşirişda muhim dasturilamal bölmoqda.
Tuman Xalq taʼlimi bölimi tomonidan tarqatilgan kitoblar taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan öquvçi-yoşlarimizning dunyoqaraşini yanada kengaytirib, maʼnaviy dunyosini boyitişga xizmat qilişi, şubhasiz. Taʼlim maskanlariga uşbu kitoblar yetkazilganidan söng, öquvçilar örtasida kitobxonlikni yanada tarğib qiliş, ularda milliy va jahon adabiyoti durdonalarini mutolaa qilişga qiziqiş uyğotiş maqsadida maktablarda “Kitob taqdimoti”, “Kitob haftaligi”, “Men sevgan adib” kabi tadbirlar taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶