21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:36
Maqolalar 👁 298

MAʼRIFAT NURIDAN NURAFShON XONADON

MAʼRIFAT NURIDAN NURAFShON XONADON

Ustoz murabbiy, islomshunos Qodirbergan hoji Jumamurodovning 2012-yilda chop etilgan tumanimiz xalq taʼlimi sohasi faxriylari haqida yozgan “Amudaryolik ziyokorlar” nomli kitobini oʻqib, ulkan taassurotlar olgan, sohaning  ilk vakillari hayotiga doir maʼlumotlar koʻnglimda oʻchmas iz qoldirgan edi. Ayniqsa, Bosuv mahallasida yashab oʻtgan, butun hayotini 26-sonli maktabda oʻqituvchilik qilib, bolalarni savodli qilishga bagʻishlagan Shomurod Davlatov haqidagi maqola juda taʼsirlantirgan edi. Yozilishicha, u kishi maktabga kelgan bolalarga boshlangʻich taʼlim berish bilan cheklanmay, kelmagan bolalarni  izlab uylariga borib, ota-onasi bilan gaplashib, bolalarni savodli qilish zaruratini tushuntirib, maktabga jalb qilganlar. Hatto oyogʻini bosa olmaydigan xasta bir bolani otasi “shu mayib bola oʻqib kim boʻlardi”, deganiga qaramay, har kuni orqasida opichlab olib ketib, oʻqitib yana uyiga opichib olib kelib qoʻygan ekanlar. Oradan kunlar oʻtib, bola oʻziga qaratilgan eʼtibordan koʻngli koʻtarilibmi yo sinfdosh doʻstlari qatori harakatlanib, hech kimdan kam boʻlmay yurish istagi uygʻonganmi, yura boshlagan, keyinchalik butunlay sogʻayib, oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlib yetishgan ekan.

Ustoz murabbiy bu holatni kitobida “yaxshilikdan yaxshilik unib chiqaveradi”, deya taʼriflanganlar.

“Yaxshilikdan yaxshilik unib chiqaveradi!” Ayniqsa, bu taʼlim sohasida, hali norasida bolalarga ilk saboq berib, harf tanitib ilmli qilish yoʻlidagi xayrli ishlar boʻlsa... Axir hayotimizdagi jamiki yuksalishlar, yangilanishlar, ezgu ishlarning asosi – ilm, maʼrifat ekanligi barchaga birdek ayon!

Hozirgi kunda 2008-yilda 93 yoshida vafot etgan oʻsha fidoyi muallimning oila qoʻrgʻonini oʻgʻli Rajabboy Shomurodov va kelini Aqljon Shomurodovalar halol mehnatlari ila ziynatlab yashashmoqda. Biri-biridan oqil 7 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazib, el qatoriga qoʻshganlar.

Asli ilm qadrlangan, hayotda insonning oʻz oʻrnini topishi uchun eng muhim ehtiyoj  sifatida farzandlar koʻngliga singdirilgan oilaning chirogʻboni Rajabboy Shomurodov mana 70 yoshga qadam qoʻydi. Biroq umr boʻyi bolalarga dars berib charchadim demaydi, mana shunday mashaqqatli mehnat bilan kechgan umrining har bir lahzasini koʻnglida bir shirin orziqish bilan eslaydi.

–  Uyda oʻgʻillarim, qizlarimga doim darslaringizni puxta oʻzlashtiring, sinfda biron narsani soʻrasam – bilmay turmang, bolalar oldida meni uyaltirmang, deb uqtirardim. Charchab kelsam ham har kuni uy vazifalarini bajarib boʻlgach, birma-bir nazoratdan oʻtkazardim. Axir oʻz bolalarim soʻraganimni bilmay tursa, boshqalar undan ham badtar boʻlib ketar edi, –  deya eslaydi Rajabboy aka.

Farzandlariga ham namunali ota, ham talabchan ustoz boʻla olgan Rajabboy Shomurodov, ayoli Aqljon Shomurodovalarga Yaratgan inʼom etgan besh oʻgʻil, ikki  qizning besh nafari  ota-ona saʼy-harakatlari, oʻzlarining intilishlari natijasida oliy maʼlumotli oʻqituvchilar boʻlib yetishdi. Oilaning toʻngʻichi Yalgʻashbay – 26-sonli maktab direktori, Toshkent Davlat Universitetining matematika fakultetini tugatgan. Oʻqituvchilik faoliyatini boshlaganiga 28-yil toʻlgan boʻlsa, shuning 23-yili rahbarlik lavozimlariga toʻgʻri keladi. Akrom –  “Ruslan-Sabrina” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi, Akbarali –  26-sonli, Barno – 33-sonli maktabda, Sanobar – 74-sonli maktabda, Azamat – 26-sonli maktabda oʻqituvchi, Anvar – 26-sonli maktabda ishchi. Hammasi uyli-joyli, oʻz oila qoʻrgʻoniga ega.

53 yillik turmushlarida ularni bugungiday kunlarga yetkazish uchun tinib-tinchimagan Rajabboy aka bilan Aqljon opaning hozir ham boʻsh vaqtlari boʻlmaydi. Ota hovlining sakkiz sotixlik tomorqa yeri ularning eng koʻp vaqtini oʻtkazadigan manzili. Tonggi ibodatdan soʻng ular shu yerda erta bahordan to kech kuzgacha mehnat qilib, roʻzgʻoriga kerakli poliz, sabzavot mahsulotlarini oʻzlari yetishtiradilar.

Ha, ona zaminimiz saxovatli. Rajabboy aka, Aqljon opalar buni yaxshi his qilishadi. Farzandlarni birin-ketin oliygohlarda oʻqitish, uyli-joyli qilishda shugina tomorqa yerdan ungan daromad ham juda asqotgan. Ular tomorqani oila rizqi unadigan va yana farzandlar ilk mehnat koʻnikmasini oladigan tarbiya maskani deb hisoblashadi.

Ularning, farzandlarining oilalarida bekorchi odamning oʻzi yoʻq, kelinlar ham oʻqituvchi, hisobchi. Biroq ishdan kelib, uyida ham vaqtini behuda oʻtkazishmaydi, roʻzgʻor tashvishlaridan boʻshagach, qaynonasi atrofida yigʻilishib, quroq qurab, koʻrpachalar qavishadi, oʻzlariga kerakli kiyimlarni oʻzlari tikishadi, paypoqlarini ham oʻzlari toʻqib kiyishar ekan. Boʻlak chiqqan toʻrt oʻgʻilning ham tomorqasida mevali daraxtlar hosil berib turibdi, chorva, parranda boqib ham qoʻshimcha daromad topishadi. Shuning uchun ham xonadonlari obod, turmushlari fayzli.

Hayotda hech bir niyatga mehnatsiz erishib boʻlmaydi.

– Bolalarimizni oʻqitishga, ilmli, yurtimizga xizmat qiladigan insonlar qilib kamolga yetkazishga intildik, yugurib-yelib, topganimizni shu yoʻlda sarfladik. Birin-ketin oʻqitish oson boʻlgani yoʻq. Mana mehnatlarimizning rohatini koʻrib oʻtiribmiz.

Aqljon ona “orzularimiz ushaldi” deya quvonib soʻzlayotgan boʻlsalar-da, hali niyatlari ham koʻp. Hozir ularning 18 nafar nevaralarining 2 nafari oʻqituvchi boʻlib faoliyatini boshlashdi, 5 nafari talaba ekan, bu yil yana ikki nafari oliygohlarga kirib, 7 nafar boʻlibdi. Yana oʻrta maxsus maʼlumot bilan ishlayotgan, oilaning kenjatoy farzandi, oilali Sanobar Chirchiq pedagogika institutining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiribdi.

– Oʻtgan yillarda ham harakat qilgandi, biroq toʻplagan bali kamlik qilgandi. Bu yil qizimning talaba boʻlganiga judayam quvondim. Suyunchisiga bir pensiyamni kontrakt shartnomasiga berib yubordim, –deydi kulib Rajabboy aka.

Joriy yil ularning oilasida bundan boshqada quvonchli voqealar koʻp boʻldi: toʻrtinchi oʻgʻil –  Akbarali kasb faoliyatida erishgan yutuqlari tufayli “Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Dunyoi-dun yaralibdiki, hayotda har kim oʻz falsafasi bilan yashaydi. Baxt-saodatni ham har kim oʻz qarichi bilan oʻlchaydi, kimdir topganiga, kimdir sochganiga, kimdir birovning  koʻnglini ogʻritganiga quvonadi. Biroq jamiyatda tom maʼnoda maʼrifatli, boshqalarga ham maʼrifat ulasha oladigan odamlar doim qadrlanadi. Shu boisdan ham Bosuv mahallasida Rajabboy aka, Aqljon opaning obroʻ-eʼtibori baland, qoʻni-qoʻshnilar oilalari ham tinch, ahil boʻlishi uchun maslahat, yoʻl-yoʻriq berib oʻtirishadi.

Men soʻzim avvalida nogiron bolani yelkasida koʻtarib maktabga olib borib oʻqitib, yetuk mutaxassis boʻlib yetishiga sababchi boʻlgan 26-sonli maktab oʻqituvchisi Shomurod Davlatov haqida aytgan edim. Ana shunday maʼrifatli, fidoyi insonning nevarasi Yolgʻoshboy Shomurodov mana soʻnggi oʻn yildan beri ushbu taʼlim maskaniga rahbarlik qilib keladi. Maktab unga avvalo bobosidan ilk savod olgan, mustaqil hayotga uchirma boʻlgan muassasasi boʻlgani uchun, otasi, bobosi izlari borligi uchun ham aziz. Ularga munosib boʻlish masʼuliyatini esa har doim his qilib turadi.

Maktabda boʻlganimizda uning ish xonasi bir burchagida artib tozalangan, biroq eskiligi shundoqqina koʻrinib turgan stol, stulga koʻzim tushdi. Odatda maktab direktorlari xonasi zamonaviy mebellar bilan bezatilib turardi.

– Bilasizmi, – mening koʻnglimdan oʻtganlarini xuddi sezganday biroz oʻngʻaysizlanib gap boshladi Yolgʻosh Shomurodov. – Bu stolda oʻtirib aziz ustozimiz Ismoil aka Xoʻjamurodov 35-yil shu maktabga rahbarlik qilganlar. U kishi shunday talabchan, qatʼiyatli, gʻamxoʻr ediki, hamma oʻqituvchilar, oʻquvchilar juda hurmat qilardi. Olimpiadalarda oʻrin  olgan bolalarni bagʻriga bosib quvonganlarida hammamizning ham gʻolib boʻlgimiz kelib ketardi. U kishiday boʻlish qiyin. Ustoz oʻtirgan stol, stul menga ustoz ibrati, xotirasi hurmati sifatida tursin, deyman.

Direktor sargʻayib, boʻyoqlari koʻchib ketgan stol, stulni qoʻllari bilan silab soʻzlayapti-yu, uning  ham koʻngli bobosi, otasi kabi maʼrifat nuridan yolqinlanib, bu nur bilan atrofidagilarni ham bahramand etmoq istagi kuchli ekanligini  teran his qildim. Axir, ustozga ehtirom ham tarbiya-da!

Ha, Rajabboy Shomurodov, farzandlari qoʻrgʻonini obod, fayzli, saodatli maskanga aylantirgan ham teran tomirlardan oziqlangan maʼrifat-maʼnaviyat boʻlsa, ajab emas. Tilagimiz – yurtimizda ana shunday ibratli oilalar koʻpayaversin!

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026