Masʼuliyat – muvaffakiyat garovidir
2014-yil 14-aprel kuni Dörman qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida tuman prokurori F.Allaberganov milliy xavfsizlik xizmati xodimi hamda prokuror katta yordamçisi Rasul Xolmurodov, tuman xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedovalar bilan uçraşuv ötkazildi. Şu kuni ular kollej öquvçi-yoşlariga 10 ta kompyuter sovğa qildilar.
Tuman prokurori F.Allaberganov"Taʼlim töğrisida”gi Qonunning 3-moddasiga töxtalib, 12 yillik taʼlimning uzluksizligi, izçilligi, şuningdek umumiy örta va örta maxsus taʼlimning majburiy va bepul taʼlim ekanligi haqida öquvçilarga tuşunça berdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 47-moddasiga muvofiq "Bolalarning majburiy umumiy örta taʼlim, örta maxsus kasb-hunar taʼlim olişlariga ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan tösqinlik qilişi eng kam iş haqi hisobida jarima soliş” jazosi bilan jazolanişi kollejda taʼlim olayotgan öğil-qizi bor ota-onalar zimmasiga öta jiddiy masʼuliyat yuklaşi haqida öquvçi-yoşlarga tuşuntirişlar berildi. Tadbirda iştirok etgan ota-onalar tuman prokurori F.Allaberganovga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va qoniqarli javoblar olib, mamnun böldilar.
Bugungi öquvçi-yoşlar – yurtimizning ertangi kuni egalari. Ularning har jihatdan yetuk va bilimdon inson bölib voyaga yetişlari uçun esa mamlakatimizda zarur qonuniy asoslar yaratilgan. Bas, şunday ekan, aziz ota-onalar, farzandlaringiz öz vaqtida taʼlim olişlari uçun befarq bölmang. Ularga imkon qadar şaroit yaratib bering. Masʼuliyatingizni his qiling. Farzandingiz yurt kelajagi, demak, sizning ham kelajagingiz. Farzand sizning işonçingiz, tayançingiz, kerak bölsa, ğururingiz ekanligini unutmang. Masʼuliyat – barça muvaffaqiyatlar garovidir.
X.Davletova,
Dörman qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji huquqiy maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶