21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:22
Salomatlik 👁 307

OʻZIMIZNING KOSTYa AKA

OʻZIMIZNING KOSTYa AKA

Tez tibbiy yordam boʻlimi tuman Tibbiyot birlashmasining asosiy boʻlimlaridan hisoblanadi. Bemorga ilk tibbiy yordam koʻrsatish va ilk muolaja aynan shu boʻlim shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi. Bemorning holati ijobiy tomonga oʻzgarishi ham tez tibbiy yordam koʻrsatish madaniyatiga bogʻliq.
Hozirgi kunda Tez tibbiy yordam boʻlimi tumanimizning 199 mingdan ziyod aholisiga uzluksiz ravishda, tun-u kun xizmat koʻrsatmoqda. Boʻlimda 15 ta brigada boʻlib, shulardan 4 tasi markaz, yaʼni 1 tasi jonlantirish hamda 3 tasi tarmoq brigadalari hisoblanadi. 11 ta brigada esa tuman hududlaridagi shoxobchalar negizida aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatadi.
Tez tibbiy yordam boʻlimi mudiri Konstantin Shabayev ham oʻz zimmasidagi vazifa masʼuliyatini chuqur his etgan holda boʻlim dispetcheridan tortib, mutaxassis shifokorlar, kichik tibbiy va texnik xodimlargacha har bir chaqiriqqa eʼtiborli boʻlish, belgilangan tartib-qoida asosida ish olib borishlari uchun sharoit yaratishga harakat qiladi. Xususan, boʻlimga bir vaqtda kelib tushgan chaqiriqlar boʻyicha birinchi galda ahvoli ogʻir va shoshilinch tez tibbiy yordam talab etiladigan bemorlarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Pandemiya sharoitida esa chaqiriqlar koʻpligi inobatga olinib, qoʻshimcha dispetcherlik xizmati tashkil etildi.
Ushbu masʼuliyatli vazifani bajarib kelayotgan tajribali shifokor Konstantin Shabayev amudaryoliklar uchun birday qadrli mehr-shafqat posboniga aylangan, kim uchun “oʻzimizning Kostya”, yana kim uchun “Kostya aka” yoki samimiy doʻst sifatida koʻngillardan joy olgan.
Oʻz orzu-istaklarini amalga oshirish uchun intilgan, oʻqib-izlangan odam, albatta, koʻzlagan maqsadiga yetishadi. Intilish insonni oʻz hatti-harakatlarini nazorat qila bilish, qatʼiyatli boʻlishga oʻrgatadi. Konstantin Shabayev haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, asli ziyoli oilada tugʻilib-voyaga yetgan bu insonning orzulari qalbida qatʼiyatga aylanganida hali oʻsmir yoshda edi.
Tumanimizdagi 1-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan otasi Rafael Shabayev farzandlariga oilaviy tarbiya berish bilan birga ularni hayot saboqlariga chidamli, inson sifatida oriyatli, vatanparvar, oilaparvar, oʻzaro mehr-oqibatli boʻlishga oʻrgatdi. Oila davrasidagi suhbatlarda farzandlarining ham bilimini, ham dunyoqarashini sinovdan oʻtkazardi. Konstantin Shabayev ana shunday maʼnaviy-tarbiyaviy muhitda voyaga yetdi. Oʻz hayot yoʻlini tanlashda adashmadi. Umumtaʼlim maktabini tugatib, Andijon Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga oʻqishga kirdi. Rus tilini mukammal bilgani, intiluvchanligi tufayli institutdagi tahsil davrida doimo aʼlochi talabalar safida boʻldi. Oʻz yoʻnalishi boʻyicha tibbiyot ilmiga oid adabiyotlarni oʻqishdan, ustozlar tajribasini oʻrganishdan aslo charchamadi. 1992-yilda institutni muvaffaqiyatli tugatgan Konstantin Shabayev Nukus shahridagi koʻp tarmoqli poliklinikada internatura bosqichini oʻtadi.
Ilk mehnat faoliyatini tuman Tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimida navbatchi shifokor sifatida boshlagan Konstantin Shabayev qisqa fursat ichida oʻz fikriga, muolaja uslubiga ega shifokor sifatida tanildi. Konstantindagi xushmuomalalik, oʻz kasbiga fidoyilik va tashkilotchilik qobiliyatini inobatga olgan rahbariyat 2017-yilda uni tez tibbiy yordam boʻlimi mudiri vazifasiga tayinlashdi.
Konstantin Shabayev rahbarlik faoliyatini eng avvalo boʻlim xodimlarining qatʼiy mehnat intizom asosida ishlashini tashkil etishdan boshladi. Chaqiriqlarga vaqtida javob berish, mutaxassis shifokorlar va hamshiralarning belgilangan rejaviy-jadval asosida chaqiriqlar boʻyicha ishlashlari uchun sharoit yaratdi.
Boʻlim rahbari sifatidagi Konstantin Shabayevning faoliyat koʻlami ancha keng. Boʻlimni sifatli dori-darmonlar bilan taʼminlash, avtomashinalarning chaqiriqlarga har bir soniyada soz va tayyor turishi, zamonaviy tibbiy bilimni chuqur oʻzlashtirgan shifokorlar safini va ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, boʻlimning bir maromda, uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash kabi vazifalar uning hayot mazmuniga aylangan.
Konstantin Shabayevning oilasi ham ibratli, oʻzaro mehr-oqibatdan rang olgan madaniyatli samimiyat goʻshasi. Umr yoʻldoshi Xosiyatxon ayni paytda Tibbiyot birlashmasining ichki dorixonasida dorishunos sifatida faoliyat yuritmoqda. Qizi Ilmira, oʻgʻli Komiljonlar oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishadi. Kenja oʻgʻli Rashidjon esa 30-sonli maktabning aʼlosi oʻquvchisi.
Boʻlim xodimlarining asosiy ish vaqti goh yoʻlda, goh chaqiruv kelib tushgan xonadonlarda oʻtadi. Tushlik, nonushta, kechki taomlanish vaqti degan tushuncha ularning ish jarayoniga unchalik toʻgʻri kelmaydi. Chaqiriqlarga vaqtida yetib borish, bemorga tibbiy yordam koʻrsatishni har bir xodim oʻz burchi deb biladi.
Xalq salomatligini hayotidagi barcha narsadan ustun qoʻyib, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan Tez tibbiy yordam boʻlimi fidoyilari doimo sogʻ-omon boʻlsin.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026