22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:28
Siyosat 👁 315

2020-2023-YILLARDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh MAQSADIDA QABUL QILINGAN PREZIDENT QARORI IJROSI TAʼMINLANMOQDA

2020-2023-YILLARDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh MAQSADIDA QABUL QILINGAN PREZIDENT QARORI IJROSI TAʼMINLANMOQDA

Davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish maqsadida qabul qilgan “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Prezident qarori ijrosi yuzasidan Amudaryo tumaniga biriktirilgan masʼullar – Oliy Majlis Senati aʼzosi Bahodir Tajiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi raisi Zuhra Reimovalar mazkur qaror bilan belgilangan dasturlar doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning natijadorligini taʼminlash, yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal yetish va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Amudaryo tumanida boʻlib turibdi.

Aytish kerakki, bugungi ogʻir pandemiya sharoitida mamlakatimizda kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash ularga ham moddiy ham maʼnaviy koʻmak berishga alohida yeʼtibor qaratilmoqda. Tumanimizda tashrif buyurgan senator hamda deputatlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida kam taʼminlangan oilalar farzandlariga qishki kiyim-kechaklarni topshirish marosimida qatnashdilar. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida kam taʼminlangan, boquvchisinini yoʻqotgan, yashash sharoiti ogʻir boʻlgan jami 51 ta ehtiyojmand oilalarning umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan farzandlariga qishki kiyim-kechaklar berildi. Masʼullar bolajonlar bilan samimiy suhbat qurdilar, ularni qiynayotgan muammolar bilan tanishib, takliflari hamda fikr-mulohazalarini tingladilar. Suhbat soʻngida senator hamda deputatlar farzandlarimizning kelgusidagi oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Shundan soʻng masʼullar “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori bilan 2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatiga kiritilgan qishloq xoʻjaligi sohasidagi loyihalarning taqdimotida ishtirok yetdilar. Tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev loyihalar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Taʼkidlanganidek, yerdan samarali foydalanish va yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish maqsadida tumanning Amir Temur nomli ovuli hududidan jami maydoni 18,5 gektar boʻlgan yerni bogʻdorchilik yoʻnalishidagi 18 ta loyiha, maydoni 22,9 gektar boʻlgan yerni issiqxona qurish maqsadida 2 ta loyiha sifatida tadbirkorlarga berish rejalashtirilgan. Shuningdek, 7 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan jami 71 gektar maydonda Turkiya texnologiyasi asosida bogʻ tashkil yetish belgilangan. Jami maydoni 21,7 gektar boʻlgan koʻllarda baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha 4 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Taqdimot davomida tegishli mutasaddilarga mazkur loyihalarni amalga oshirish va ishga tushirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oʻz vaqtida hal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Tumanimizda joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham masʼullar yeʼtiboridan chetda qolmadi. Senator B.Tajiyev tumanimizda ovul hamda mahallarda boʻlib, aholining, ayniqsa, kam taʼminlangan oilalarning kuz-qish mavsumiga hozirligini oʻrgandi. Masʼullar Choykoʻl ovulidagi aholi xonadonlarida boʻldilar hamda fuqarolar yigʻini binosida hududdagi ehtiyojmand oilalar bilan uchrashdilar. Mazkur oilalarning qish mavsumidagi ehtiyojlarini inobatga olinib, 6 ta kam taʼminlangan oilalarning har biriga yarim tonnadan koʻmir hamda 2 ta ehtiyojmand xonadan aʼzolariga isitish pechlari sovgʻa qilindi.

Shundan soʻng masʼullar Choykoʻl ovuli aholisini tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlayotgan, ovul markazida joylashgan “Tuyamoʻyin-Nukus” mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi tuman filialiga qarashli “Choykoʻl” suv tozalash shohobchasi faoliyati bilan tanishdilar.

Aytish kerakki, mazkur shoxobcha 2019-yilda Davlat dasturi asosida qurilib foydalanishga topshirilgan boʻlib, soatiga 1 tonna suvni tozalash quvvatiga yega. Suvning sifati har oyda olinadigan namuna asosida laboratoriyada maxsus tekshiruvdan oʻtkazilib turadi va belgilangan talablarga toʻla javob beradi. Xitoyda ishlab chiqarilgan suv tozalash texnologiyasining filtri oʻz vaqtida tozalanib turiladi va ayni kunda toʻla quvvatda ishlatilmoqda.

Senator hamda deputatlar ovuldagi 42-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchilar bilan mamlakatimizda taʼlim tizimini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan suhbat oʻtkazdilar. Oʻqituvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida keng turda tushunchalar berildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatda taʼlim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bogʻcha tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, taʼlim tizimlari hamda ilm-fan sohasi oʻrtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash borasida chin maʼnoda islohotlar amalga oshiriloqda. Bu ishlarga hissa qoʻshish oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir fuqaroning burchidir. Zero, islohotlar qaysi sohada amalga oshirilmasin, undan koʻzlangan bosh maqsad xalq farovonligi, yurt kelajagi va mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishdek yezgu maqsadga qaratilishi bilan ahamiyatlidir.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026