Xalq deputatlari tuman Kengaşining 22-sessiyasi töğrisida AXBOROT
2020-yil 11-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining 22-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyaga taşrif buyurgan masʼullar dastlab hokimlik binosida Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlardan taşkil etilgan körgazmani tomoşa qildilar.

Şundan söng, nufuzli sport musobaqalarida iştirok etib, Amudaryo tumani şarafini himoya qilib kelayotgan ğolib sportçilarni taqdirlaş marosimi ötkazildi. Tuman hokimi tomonidan qizlar örtasida Toşkent şahrida Konstitutsiyamizning 28 yilligiga bağişlab, futzal böyiça qizlar örtasida ötkazilgan Özbekiston çempionatida faxrli 2-örinni egallagan, çim ustida xokkey böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston çempionatida 1-örin sohibi bölgan 28 nafar qizlarga velosipedlar va ularning 2 nafar murabbiylariga esa televizorlar sovğa qilindi.

Uşbu tadbirlardan keyin boşlangan sessiya majlisida Oliy Majlis Senatining Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi örinbosari Botir Matmurodov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömita raisi Şukurla Otaniyozov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining birinçi örinbosari Nurlan Yerlepesov hamda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Sessiya işiga tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev raislik qildi hamda olib bordi.

Sessiya kun tartibiga “Amudaryo tumani hokimining 2020-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş yakunlariga hamda kelgusi yilgi rejalariga bağişlangan murojaati töğrisida”gi masala qöyildi.
Kun tartibidagi masala yaʼni, Amudaryo tumanida 2020-yilda amalga oşirilgan işlar, 2021-yilga möljallangan rejalar töğrisida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşevning murojaati tinglandi.

Taʼkidlanganidek, qator qiyinçiliklari bilan tarixga aylanayotgan 2020-yilda ham tuman aholisining mehnatlari natijasida barça sohalarda salmoqli yutuqlarga erişildi. Tumanda pandemiya davrining murakkab şart-şaroitlariga qaramasdan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning belgilangan prognoz körsatkiçlariga erişiş böyiça zarur çoralar körildi.
Jumladan, sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş 379,4 mlrd. sömni, qişloq xöjaligi mahsulotlari 624,1 mlrd. sömni, investitsiyalar 266,9 mlrd. sömni, quriliş işlari 147,8 mlrd. sömni, çakana savdo hajmi 434,8 mlrd. sömni, xizmatlar 217,6 mlrd. sömni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan sezilarli darajada ösişiga erişilgan. Şuningdek, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida 2020-yilning 1-noyabr holatiga 1279 ta jismoniy va yuridik şaxslarga jami 48 mlrd. söm miqdorida tijorat banklar tomonidan kredit mablağlari ajratilgan.

Tuman hokimi taʼkidlaganidek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida yil boşida 90 mlrd. 341 mln. sömlik 56 ta loyihalarni işga tuşiriş rejalaştirilgan bölsa, şundan bugungi kungaça 88 mlrd. 219 mln. sömlik 67 ta loyihalar işga tuşirildi va 407 ta yangi iş örinlari yaratildi. Jumladan, sanoat sohasida 44 mlrd. 907 mln. sömlik 26 ta loyiha, qişloq xöjaligi sohasida 7 mlrd. 570 mln. sömlik 8 ta loyiha, xizmatlar körsatiş sohasida 35 mlrd. 742 mln. sömlik 33 ta loyihalar işga tuşirilib, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 51 foizga köpaygan.
Sultonboy Yöldaşev öz hisobotida tuman mahalliy byudjetining tuşumlari rejasi 80,5 mlrd. söm belgilangani, 1-dekabr holatiga 82,1 mlrd. sömga, yaʼni yillik reja 102 foizga bajarilgani xususida maʼlumot berib, kiçik sanoat zonasida amalga oşirilgan loyihalar, mahalliylaştiriş dasturi doirasidagi loyihalar hamda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar haqida söz yuritdi.
Eʼtirof etilganidek, bu boradagi samarali işlar natijasida import hajmi 2020-yilning 11 oyida 2 mln. dollarni, yaʼni ötgan yilning şu davriga nisbatan 111,1 foizni taşkil etib, 11,1 foizga köpaygan. Eksport hajmi esa 8,2 mln. dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 108 foizga yetgan. Şuningdek, 2020-yil 1-dekabr holatiga belgilangan dastur asosida barça manbalar hisobidan 43 mlrd. 19 mln. sömlik investitsiyalar va boşqa mablağlar özlaştirilib, reja 69,3 foizga bajarilgan. Undan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyuldagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida çorvaçilik tarmoqlarini jadal rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori yuzasidan tumanda 2020-yilda jami qiymati 18 mlrd. 200 mln sömlik loyihalar amalga oşirilgan.
Hisobotda tumanda ijtimoiy yönalişlardagi, jumladan, taʼlim, madaniyat, soğliqni saqlaş sohalarida amalga oşirilgan samarali işlar, quriliş-taʼmirlaş, obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş, aholi bandligini taʼminlaş borasida yölga qöyilgan çora-tadbirlar, bartaraf etilgan kamçilik va muammolar haqida ham axborot berildi. Şuningdek, maʼruzada 2021-yil va keyingi yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida amalga oşiriş zarur bölgan dasturiy va maqsadli vazifalarga keng töxtalib ötildi.
Tuman hokimi kelayotgan 2021-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida 77 ta loyihalarda 457 mlrd. 460 mln.sömlik investitsiyalar jalb qilinişi, şundan, sanoat sohasida 380 mlrd. 194 mln. sömlik 24 ta, qişloq xöjaligi sohasida 30 mlrd. 846 mln. sömlik 28 ta, xizmatlar körsatiş sohasida 46 mlrd. 420 mln. sömlik 25 ta loyhalar işga tuşirilişi rejalaştirilayotganini maʼlum qildi. Şuningdek, tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaş hamda 300 taga yaqin yangi tadbirkorlik subʼektlarini taşkil etiş orqali byudjet tuşumlari 120 mlrd. sömga yetkaziş, buning uçun asosan eksport hajmini oşiriş közda tutilayotgani haqida sözladi.
Uşbu vazifalarni amalga oşiriş orqali tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş körsatkiçlarini yanada yuqori kötariş, aholi farovonligini oşiriş közda tutilayotgani taʼkidlandi.
Kun tartibidagi masala böyiça tuman hokimi Sultonboy Yöldaşevning hisobot maʼruzasi yuzasidan ötkazilgan savol-javob va muhokamalarda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari hamda doimiy komissiyalar masʼullari iştirok etdilar.
Amudaryo tumani hokimining 2020-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş yakunlari hamda kelgusi yilgi rejalariga bağişlangan murojaati böyiça deputatlar, muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari hamda tegişli soha masʼul xodimlari tomonidan bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar inobatga olingan holda, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining qarori qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Sessiya yakunlangaç, Amudaryo tumani hokimining 2020-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş yakunlariga hamda kelgusi yilgi rejalariga bağişlangan murojaati yuzasidan sektor rahbarlarining jurnalistlar bilan matbuot anjumani ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpoğiston boşqarmasi masʼullari, Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, yaʼni “Taraqqiyot közgusi” hamda “Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi, Amunews.uz veb-sayti, “Jayxun sadosi” internet radiosi tahririyatlari jurnalistlari va muxbirlari iştirok etdilar. Jurnalistlar tuman hokimiga 2020-yilda amalga oşirilgan işlar hamda 2021-yilda közda tutilgan vazifalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar.

Jumladan, Amudaryo telekanali muxbiri, tuman Kengaşi deputati Oybek Begimov koronavirus pandemiyasi şaroitida ham tumanda 2020-yilning 1-dekabr holatiga mahalliy byudjetga 82,1 mlrd. söm tuşum bölganini, bu yillik rejadan ança yuqori ekanini taʼkidlab, mahalliy byudjetning ortiqça bajarilişi hisobidan tuşum bölgan pullarga qanday maqsadlarga sarflangani, dekabr oyidagi byudjetning ortiqça bajarilgan qismiga qanday işlar amalga oşirilişi rejalaştirilayotganini sörab savol berdi.
Tuman hokimi uşbu savolga javoban qöşimça mablağlar hisobidan 2 mlrd. sömlik işlar amalga oşirilganini aytib, bu mablağlarning yarmi “Mehr-saxovat” jamğarmasiga yönaltirilganini, qolgan qismiga esa aholini elektr energiyasi bilan taʼminlaş körsatkiçlarini yaxşilaş maqsadida 10 dona transformatorlar va maxsus texnikalar xarid qilinganini, şuningdek, ijtimoiy soha obʼektlarida quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilişi rejalaştirilayotganini aytib ötdi.
Matbuot anjumanida iştirok etayotgan Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist Robiya Yöldoşeva tuman hokimiga kelgusi yilda taʼlim sohasini rivojlantiriş borasida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgani, investittsiya va boşqa dasturlar doirasida neçta maktabgaça taʼlim taşkilotlari qurilişi va taʼmirlanişi közda tutilayotgani xususida savol berdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev maktabgaça taʼlim taşkilotlari böyiça jami 6 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlarida 13 mlrd. 887 mln. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilganini, bugungi kunda rejadagi quriliş-taʼmirlaş işlari 97,2 foizga bajarilganini taʼkidladi. Kelgusi yilda ham uşbu işlarni samarali davom ettiriş, yangidan maktabgaça taʼlim taşkilotlarini taşkil etiş, taʼlim sohasini rivojlantiriş borasida tegişli çora-tadbirlar rejalaştirilayotganini maʼlum qildi.
“Mening oilam” gazetasi muxbiri, jurnalist Oygul Rajabova kelgusi yilda tumanimizda aholini tozalangan içimlik suvi bilan taʼminlaş darajasini oşiriş böyiça qanday işlar qilinişi, bu boradagi rejalar xususida söradi. Amunews.uz veb-sayti muxbiri Ozoda Xudoyberganova 2020-2023-yillar davomida Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida qabul qilingan Prezident qarori bilan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlangani, uşbu manzilli röyxatga Amudaryo tumanidan kiritilgan loyihalarning amaliyotga tatbiq qilinişi qanday bosqiçda borayotgani xususidagi savol bilan tuman hokimiga murojaat qildi. “Jayxun sadosi” internet radiosi muxbiri Maftuna Hojiboyeva esa Amudaryo tumanida joriy etilgan klaster tizimi, uşbu tizimning afzlliklari xususida savol bilan murojaat qildi.
Şuningdek, seminarda “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi muxbiri Gulnora Juginisova umumtaʼlim maktablari öquvçilarini maktabga va maktabdan uyiga eltib qöyiş uçun avtobuslar taşkil töğrisida, “Kar24.uz” veb-sayti muxbiri Akmal Sirojaddinov Manğit şahridagi “Dehqon bozori” hududini kengaytiriş hamda bozor hududiga avtoturargoh qurib, avtotransport vositalarining harakatini tartibga keltiriş masalasida, şuningdek, “Yel xizmetinde” gazetasi muxbiri Sultonbek Ziyayev Közi ojizlar jamiyatining Amudaryo tumani bölimi binosini inventarlar bilan taʼminlaş hamda mazkur binoda tabiiy gaz taʼminotini yaxşilaş masalalarida savollar bilan tuman hokimiga murojaat qildi.
Matbuot anjumanida tuman hokimi S.Yöldaşev jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan barça savollarga atrofliça, batafsil javoblar berdi.
Matbuot anjumanidan keyin mehmonlar tumanning Toş yop ovuli “Obod qalʼa” aholi punktida joylaşgan “Zebo” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotining oçiliş marosimida iştirok etdi.
100-öringa möljallangan mazkur muassasada bolajonlarga rus va ingliz tillarida muloqot qiliş könikmalari örgatiladi. Şuningdek, jajji qizaloqlar uçun gimnastika tögaraklari taşkil qilinadi.

Muassasada tarbiyalanuvçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan bölib, soğlom ovqatlaniş ratsioniga muvofiq 3 mahal issiq ovqat beriladi.
Maktabgaça taʼlim taşkilotining taşqi tomonida esa bolalar uçun öyin va sport maydonçalari, ertaklar şaharçasi hamda yozgi ayvonçalar zamon talabi darajasida qurilgan.

Tadbirda sözga çiqqanlar ovul ahli va bolajonlarni yangi muassasaning iş boşlagani bilan qizğin muborakbod etdilar.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶