Ona tabiatga ozor yetkazmang
Asrang ona tabiatni,
Öşanda siz asragaysiz
Bolangizga bu dunyoni!
Televideniye orqali har gal bu qöşiqni eşitganimda xonandaga qöşilib men ham xirgoyi qilar edim-u, lekin maʼnosini unçalik öylamas edim. Ötgan yil köklamda boğimiz çetiga yangi ekilgan terak nihollarining atrofini yovvoyi ötlardan tozalayotgan edik. Otam kimdir ustidan bosib ketgan terak niholini körib qattiq xafa böldi. «Qaysi tarbiyasizning işi ekan-a bu?» - dedi. Ançaga-ça ğazabini bosa olmadi.
- Köp kuyunmang ota, mana qança teraklarimiz bor-ku, - dedim men. Şunda otam meni yöl böyida qator tizilib turgan uzun-uzun teraklar yoniga olib bordi.
- Mana buni qara, - dedi yuqoriga işora qilib. - Bizning har birimizning yil davomida erkin nafas olişimiz uçun ana şunday teraklardan ikkitasi kerak böladi. Qolaversa, yöldan kötarilgan qançadan-qança çanglarni yutib, yaşil daraxtlar havo musaffoligini taʼminlaydi. Endi payhon qilingan bir daraxtning qadrini özing bilib olaver.
Şu voqeadan söng atrofimizni örab turgan olam va tabiatimiz haqida köp öylaydigan böldim. Qaniydi, hamma ham yon atrofimizning yam-yaşil daraxtlar, gullar bilan bezanib turişiga intilsa. Özimiz nafas oladigan ona tabiatimizga ozor yetkazmasa. Orzu qiliş bilan iş bitmaydi. Bu yil men va barça sinfdoşlarimiz ona tabiatimizning gullab-yaşnaşi uçun öz hissamizni qöşiş maqsadida yangidan qurilib, işga tuşirilgan maktabimiz boğiga 2 tupdan mevali daraxt köçati ekdik. Ustozimiz bizlarga:
- Hali oradan yillar ötib, bu boğ şunaqangi xuşmanzara boqqa aylanadi. Şunda sizlar ukangizga, singlingizga, qöş-ningizga boğning qanday barpo qilinganini aytib quvonib yurasizlar. Çunki ular sizlardan keyin şu maktabda öqişadi. Ular tanaffus paytlarida soya-salqinda dam olib, sizlarga rahmat aytişadi. Öşa paytda öz qilgan mehnatlaringizdan faxrlanib yurasizlar, - dedi. Men şunday bölişini juda-juda istayman.
Aziz tengdoşlar, köklam libosiga burkanayotgan çor-atrofingizga, osmonda çarx urib uçayotgan quşlarga, tiriklik ğamidagi jonzotlarga bir qarang! Naqadar gözal! Bu bizning umumiy uyimiz - ona tabiatimiz. Uni uyimiz kabi asraylik, çunki xonadonimiz qançalik toza, orasta va fayzli bölsa, şunçalik dilimiz ravşan, kayfiyatimiz çoğ bölgani kabi tabiatimizning musaffoligi ham har birimiz uçun zarur. Heç kim tabiatdan ayro yaşay olmaydi. Şunday ekan, har birimiz köçat, gullar, daraxtlar ekib, parvarişlab, çor-atrofimizning gullab-yaşnaşiga harakat qilaylik.
Sevara Ismoilova,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶