“KORRUPTsIYa – TARAQQIYoT KUŞANDASI” MAVZUSIDA ÖTKAZILGAN INŞOLAR TANLOVI ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Korruptsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir körsatuvçi xavfli omil, barça mamlakatlarga tahdid soluvçi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Zero, bu omil tufayli davlatning rivojlanişi sekinlaşadi, hukumat tizimi işdan çiqadi, demokratik institutlarga putur yetadi.
Korruptsiyaning har qanday körinişlariga qarşi kuraşişni biz, eng avvalo, özimizdan boşlaşimiz darkor. Buning uçun esa şaxsning huquqiy ong va huquqiy madaniyati yetarli darajada şakllangan bölmoği maqsadga muvofiqdir.
Buni yoş avlod ongiga çuqur singdiriş, huquqiy bilimini oşiriş maqsadida tumandagi umumiy örta taʼlim maktablarining 10-11-sinf öquvçilari örtasida “Korruptsiya – taraqqiyot kuşandasi” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi. Tanlovda Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli maktablarning yuqori sinf öquvçilari iştirok etdilar. Öquvçilar tomonidan yozilgan inşolarni hayʼat aʼzolari odilona baholab, ğoliblarni aniqladilar.
Unga köra, 87-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Yulduz Oqmonovaga 1-örin, 13-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Gulçiroy Botirovaga 2-örin, 40-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Komila Baxtiyorovaga 3-örin ğolibligi berildi.

Uşbu ğoliblarni taqdirlaş marosimida tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri R.Matqurbonov, tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov, Xalq deputatlari tuman Kengaşining Qonunçilikni taʼminlaş va korruptsiyaga karşi kuraşiş masalalari böyiça doimiy komissiya raisi M.Örozboyevlar iştirok etdilar va tanlov ğoliblariga faxriy yorliq va esdalik sovğalarini topşirdilar.
N.Jumaniyozova, tuman Xalq taʼlimi bölimi boş yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶