“KONSTITUTsIYa – BAXTIMIZ QOMUSI” BAYRAM TADBIRI BÖLIB ÖTDI
Haqiqatan ham Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, xalqimiz kelajagining qonuniy kafolati. Uning har bir moddasida inson huquqlarining daxlsizligi, baxt-iqboli mujassam.
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan 36-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda maktab öquvçi-yoşlari bu haqda tölqinlanib va ğurur bilan gapirdilar.
Tadbirda maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça maktab direktorining örinbosari Bahrom Xöjamurodov Konstitutsiyamizning xalqimiz hayotidagi beqiyos örni haqida töxtalib ötdi.
Şundan söng, maktab öquvçilari fuqaro, xalq, Konstitutsiya sözlariga taʼrif berişdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentini saylaş, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlariga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar Kengaşlariga hamda Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar körsatiş, fuqarolarning saylaş va saylaniş huquqlari haqida maʼruzalar öqildi.
Bundan taşqari, öquvçi-yoşlar Özbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqida şeʼrlar aytişib, Konstitutsiyamizning 1-, 5-, 6-, 7-, 40-, 41-moddalarini taʼriflab berişdi.
Tadbir barçada yaxşi tassurot qoldirdi.
Nasiba BOBOJONOVA, 36-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶