“Soğlom bola yili” yangiliklari
Yaqinda Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kollejiga Qiliçboy OFY hududida joylaşgan 92-02K harbiy qism komandiri kapitan Ş.Tugayev va E.Alyaminovlar öquvçilar bilan uçraşdilar. Uçraşuv davomida öquvçilarga harbiy sohaga oid maʼlumotlar berildi. Öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
***
Özbekistonda xizmat körsatgan Madaniyat xodimi, Qoraqalpoğiston xalq şoirasi, iqtidorli jurnalist, 15 dan ziyod nasriy, nazmiy asarlar muallifi Guliston Matyoqubovaning "Ota uyim" nomli yangi kitobi naşrdan çiqdi.
Kitobdan adibaning sönggi yillarda turli janrlarda yozgan asarlari va tarjimalari örin olgan
***
"Kamolot” YoIH homiyligidagi "Kamalak” bolalar taşkiloti taşkil qilinganining 13 yilligiga bağişlab 23-may kuni tuman madaniyat uyida "Kamolot sari” mavzusida yoşlar iştirokida tadbir ötkazildi. Tadbirda taʼkidlanganidek, tumanimizda "Kamalak” aʼzolari soni 16248 nafarni taşkil qiladi. Bu yil ularning 3197 nafari "Kamolot” aʼzoligiga qabul qilinadi.
***
21-may kuni Amudaryo akademik litseyida "Taʼlim-tarbiya jarayonida ilğor pedagogik texnologiyalardan foydalaniş - zamonaviy taʼlimning boş mezoni" mavzusida Respublika öquv-amaliy seminari ötkazildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça akademik litseylar vakillari iştirokida ötkazilgan uşbu seminarda "Oçiq dars"lar taşkil etildi va akademik litseylar öqituvçilarining öquv-uslubiy hujjatlari taqdimoti bölib ötdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Boşqarmasi bölim boşliği Ye.Sultonov iştirok etdi.
***
Tumanimizning barça ovul va mahallalarida "Mahallamiz pahlavonlari" turnir musobaqalari ötkazildi.
Bir qança taşkilotlar tomonidan taşkil etilgan uşbu turnir musobaqalarida jami 4230 nafar bolalar iştirok etişdi. Uç bosqiçda ötkazilgan turnirning final bosqiçida öz vazn toifalarida ğoliblikni qölga kiritgan yoş pahlavonlarga taşkilotçilar tomonidan qimmatbaho sovğalar, faxriy yorliqlar topşirildi.
Birinçi örinni egallagan tumanimiz mahallalarining yoş pahlavon kuraşçilari uşbu turnirning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶