21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:40
Iqtisodiyot 👁 326

“Agrobank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Amudaryo tumanida ehtiyojmand oilalarga sovgʻalar topshirdi

“Agrobank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Amudaryo tumanida ehtiyojmand oilalarga sovgʻalar topshirdi

Yangi yil bayrami arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Agrobank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rasulov tumanimizda boʻlib, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning iqtsodiy ahvoli va tumanda kambagʻallikni  qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shu bilan birga kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga kirib borib, ularning muammolarini  oʻrgandi hamda Yangi yil sovgʻalarini topshirdi.

Tumanimiz nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi balki mamlakatimizdagi aholisi va yer maydoni jihatidan katta tumanlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda tumanimizda 200 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar soni dastavval 2467 tani tashkil etgan. Ushbu oilalarning iqtisodini koʻtarish, kambagʻallikdan chiqarish maqsadida masʼullar tomonidan amalga oshirilgan samarali ishlar tufayli, bugungi kunda “Temir daftar”dagi 2361 ta oilada istiqomat qiluvchi 4204 nafar kishi ish bilan taʼminlangan va bu oilalarga koʻrsatilgan ijtimoiy yordamlar natijasida ushbu 2361 ta oilaning yashash sharoitlari yaxshilanib, “Temir daftar” roʻyxatidan chiqarilgan.

“Temir daftar” – bu oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan dastur hisoblanadi. Ushbu dasturga koʻra, tumanimizda ham ijtimoiy ahvoli hamda turmush sharoiti ogʻir boʻlgan, sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalar kiritilgan edi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻirlashgan oilalarning bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbai yaratishning vaqtinchalik tartibiga asosan, tumanimizdagi “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar aʼzolariga ish topib berish hamda ularning doimiy daromadga ega boʻlishlariga koʻmaklashildi.

Hozirgi paytda tumanimizda “Temir daftar” roʻyxatida 106 ta oila mavjud boʻlib, ushbu oilalar aʼzolarining bandligini taʼminlash maqsadida Agrobank tomonidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, yakunlanayotgan 2020-yil davomida Agrobank tomonidan tumandagi ehtiyojmand oilalarga 200 mln. soʻmlik homiylik yordamlari koʻrsatildi. Ayrim xonadonlarga 71,2 mln. soʻm mablagʻ evaziga echkilar olib berilib, chorva boqishga yoʻnaltirildi. Shuningdek, kam taʼminlangan oilalarga 9,7 mln. soʻmlik koʻmir mahsulotlari ham yetkazib berildi.

Tumanimizda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 98,6 ming nafar ayol-qizlarning 663 nafari ishsiz boʻlib, ulardan 9 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar, 195 nafari oʻrta maxsus va 459 nafari oʻrta maʼlumotga ega ayollardir. “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan 18-30 yosh oraligʻidagi 44 ming 340 nafar yoshlardan 5 ming 196  nafari ish bilan taʼminlanmagan. Ushbu muammolarni bartaraf etish, tumanda kambagʻallikni qisqartirish, ayniqsa, yoshlarning doimiy ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida  tumanda “Yoshlar va bogʻdorchilik” oʻquv markazi binosini yangidan barpo etish uchun “Agrobank” tomonidan 1,2 mlrd. soʻmlik homiylik mablagʻlari ajratildi.

Ayni kunlarda butun mamlakatimizda, shu jumladan, tumanimizda ham yangi yil bayram shukuhi kezmoqda. Xalqimizni ushbu qutlugʻ kunlarda toʻkis va baxtiyor koʻrish barchamizga quvonch bagʻishlaydi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan oilalar aʼzolariga quvonchli kayfiyat ulashish maqsadida Agrobank tomonidan yana bir ezgu ish amalga oshirildi. Yuqoridagi daftarlar roʻyxatidagi oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 111,5 mln. soʻmlik moddiy yordam ajratildi. “Temir daftar” roʻyxatidagi 106 ta  oilalarga esa Yangi yil sovgʻasi sifatida kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026