21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:40
Salomatlik 👁 222

"QIZIL YaRIM OY" JAMIYaTI TOMONIDAN XAYRIYa MABLAGʻLARI TARQATILDI

"QIZIL YaRIM OY" JAMIYaTI TOMONIDAN XAYRIYa MABLAGʻLARI TARQATILDI

Oʻzbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati koʻngilli, insonparvarlik tashkiloti boʻlib, ayni paytda 15 ta mintaqaviy, 206 ta tuman, shahar va 1500 dan ortiq boshlangʻich tashkiloti, 200 mingdan ortiq faol aʼzo va 40 mingdan ortiq volontyorlari yordamida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi. Jamiyatda “Mehr-shafqat” xizmati tashkil qilingan va yolgʻiz keksalar, nogironlar, surunkali kasalligi bor bemorlar, koʻp farzandli, kam taʼminlangan oilalarga doimiy gʻamxoʻrlik qilib, har yili yuz minglab kishilarga insonparvarlik yordami koʻrsatib kelmoqda.

18-dekabr kuni Oʻzbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati tuman boʻlimiga «YuSAID» hamda hamkor tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlari uchun joʻnatilgan sanitariya-gigenik toʻplamlari va kir yuvish kukunlarini tarqatish aktsiyasi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston “Qizil yarim oy” jamiyatining mamlakatda infektsion kasalliklar jumladan, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllash maqsadidagi ushbu begʻaraz yordami tumandagi boʻlim hisobida turuvchi fuqarolarga tarqatib berildi.

Xayriya tadbiri davomida tashkilotning Amudaryo tuman boʻlimi ijrochi direktori Ibodulla Nurimbetov, tibbiy birodar Chorsham Ernazarov, tuman Tibbiyot birlashmasi epidemiolog shifokori Hojiboy Sobirov, volontyorlar Oybek Xolmurodov, Ravshanoy Xolmurodovalar «YuSAID» tomonidan moliyalashtirilgan «COVID-19» loyihasi asosida ajratilgan sanitar-gigenik toʻplamni 7 nafar fuqaroga, loyiha hamkorlari tomonidan begʻaraz homiylik yordami sifatida ajratilgan kir yuvish kukuni va yuvish vositalarini 60 nafar fuqarolarga tarqatdilar.

Ushbu oilalarga Oʻzbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati tomonidan tayyorlangan koronavirus kasalligidan saqlanish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bukletlar ham ulashildi. Xayriya mablagʻlarini tarqatishda ishtirok etgan tibbiyot xodimlari fuqarolarga sogʻlom turmush tarziga amal qilish, shaxsiy gigena qoidalariga rioya qilib, hovli-joyini ozoda saqlash va turli kasalliklardan himoyalanish yuzasidan suhbatlar oʻtkazdilar.

Xayriya mablagʻlari yetkazib berilgan xonadonlar egalari insonparvarlik yordami uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli xalqimiz joriy yilda jiddiy sinovlarni boshidan oʻtkazdi. Biroq har qanday  murakkab sharoitda ham hech bir inson oʻz holiga tashlab qoʻyilmaydi, ijtimoiy himoyaga olinadi.

Xalqimiz pandemiyani mustahkam hamjihatlikda, qoʻlni qoʻlga berib, yengib oʻtmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026