“SAVODXONLIK BAYRAMI” MAVZUSIDA OÇIQ DARS BÖLIB ÖTDI
Boşlanğiç taʼlimning inson hayotidagi örni beqiyos. Murğak bolajonlarning qöllariga ruçka tutqazib yozişni örgatiş, ularni ilm dunyosi sari yetaklaş, oson jarayon emas. Aynan şu davrdagi berilgan sifatli taʼlim-tarbiya ularning qanday inson bölib yetişişida muhim rol öynaydi. Öqituvçi darslar jarayonida öz bilimi, malaka, könikmalarini turli maşğulotlar orqali yetkazadi.
Yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar haqiqiy maʼnoda yoş avlodni ham jismonan, ham maʼnan barkamol insonlar etib tarbiyalaşga xizmat qilmoqda, öquvçilarga boşlanğiç sinflarda mustahkam ilm poydevori qöyilişiga zamin yaratmoqda.
Qiliçboy ovulida faoliyat yuritayotgan 69-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Dilnoza Bobojonovaning sohada mehnat faoliyatini boşlaganiga 18-yil töldi. Bu vaqt orasida u tört marta hudud jajji öğil-qizlarini 1-sinfga qabul qilib olib, sifatli boşlanğiç taʼlim berdi va yuqori sinflarga kuzatib qöydi.
U joriy yangi öquv yilida yana 1-sinflarni öqita boşladi. Ötgan tört oy mobaynida sinfidagi 27 nafar jajji bolajonlarga ilk saboq berib, Alifbeni özlaştirişlariga, sanaşni, hisoblaşni örgatişga erişdi.
Yaqinda şu munosabat bilan va dekabr boşlanğiç sinflar fan oyligi doirasida Dilnoza Bobojonova özi taʼlim berayotgan sinf öquvçilariga “Alifbe bayrami” mavzusida oçiq dars ötdi.
Oçiq darsda alifbedagi harflarni mukammal örganib, çinikam öquvçiga aylangan jajji öğil-qizlar çiroyli kiyinib, boşlariga har biri hal xil harflar şaklini kiyib doska oldida saf tortib turdilar.
Ustoz ularga oçiq dars mazmuni va maqsadini tuşuntirdi. Şundan söng, öquvçilardan alifbe kitobini öqib tugatgani munosabati bilan “Savodxonlik bayrami” mavzusidagi oçiq darsga qanday tayyorgarlik körganini söradi. Öquvçilar har biri öquv yili boşlanganidan beri örgangan harflarini şeʼriy ifodalab berdilar.
Davraga “Alifbe” kitobi kirib keldi va öquvçilar bilimini sinovdan ötkazuvçi savollar, topşiriqlar berdi. Zehni ötkir bolajonlarning javoblaridan qoniqiş hosil qilgan ilk savod beruvçi kitob sahifalaridagi bilimlarni çuqur özlaştirgani uçun bolajonlarga minnatdorçilik bildirdi.
Öquvçilar ilm örganişning ahamiyatini uluğlovçi, maktab, baxtiyor bolalik, ona Vatan haqida şeʼrlar, maqollar aytib, savodxonligini namoyiş etişdi. Bundan ustozi Dilnoza Bobojonova çeksiz xursand böldi.
Şunisi eʼtiborliki, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli örnatilgan tartib-qoidaga köra ulkan bayram şaklida, maktab miqyosida, ota-onalar iştirokida ötkaziladigan “Savodxonlik bayrami” tadbiri joriy yilda mazkur sinfda oçiq dars şaklida, faqat sinf öquvçilari iştirokida ötkazildi.
Öquvçilar puxta tayyorgarliklar körganligi tufayli oçiq dars ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶