21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:24
Salomatlik 👁 4,219

KAShANDALIK – UMR EGOVI

KAShANDALIK – UMR EGOVI

Eng koʻp tarqalgan zararli odat - tamaki chekish va nos otish hisoblanadi.

Tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar bor. Jumladan, nikotin, qatron, tsianid kislota, ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, qoʻrgʻoshin, margumush kabilar. Bulardan:

- nikotin arterial qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi;

- is gazi (uglerod oksidi) qondagi kislorod bilan birikib, miya, yurak, ichki sekretsiya bezlari va boshqa aʼzolarning kislorod bilan taʼminlanishini izdan chiqaradi, ularning funktsiyasi buzilishiga olib keladi;

- tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 turdagi kontserogen moddalar bor;

- sigareta filtrining sariq-qoʻngʻir rangga boʻyalishiga sabab, tamaki tutunidagi kontserogen modda hisoblangan qatron smola moddasidir. Kuniga bir quti sigareta chekadigan kashanda bir yilda bir kilogramm katron yutgan boʻladi. Katron rak kasalligining asosiy sababchisidir.

Rak kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlarning 30 foizi, oʻpka raki bilan hastalanganlarning esa 80 foizi kashandalardir. Tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kashandaning miya, yurak, oʻpka, jigar, meʼda kabi hayotiy muhim aʼzolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duchor qilib, umriga zavol boʻladi.

Jumladan, sigareta va nos chekuvchi kashandalar orasida miokard infarkti kabi ogʻir kasallik tufayli hayotdan koʻz yumganlar tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 5-marta koʻp;

Tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy erkak urugʻdonida, ayol tuxumdonida ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralarning irsiy tuzilmalarini zararlab, boʻlajak avlod genofondini kasallantiradi. Miya toʻqimasi hujayralarining xromosoma va genlari zararlanishi oqibatida tugʻilgan bolalarning aqliy qobiliyati zaif, feʼl-atvorida asabiylashish, xomushlik, xayoli parishonlik kabi belgilar namoyon boʻladi.

Kashandalikning eng koʻp avj olgani bu – nos chekishdir. Odamda nosga nisbatan ruhiy mutelik dan tashqari jismoniy mutelik yuzaga keladi. Bunday odam oʻz vaqtida nos qabul qilmasa boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, yuragi oʻynaydi, boʻshashadi, sovuq ter bosadi, ishtahasi yoʻqoladi, ruhiyati buziladi, jahli chiqadi, atrofdagilarga qoʻpol muomala qiladi, uyqusizlik paydo boʻladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayadi, u barcha imkoniyatlarini nos topish va uni qabul qilishga safarbar etishga intiladi.

Koʻp yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi. Taʼkidlash joizki, nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avval bosh miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez oʻz-oʻzidan, ayniqsa nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, oʻqigan, koʻrgan, eshitgan narsalarini yodida saqlay olmaydi. Oʻzlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar oʻtishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy hastalik belgilari ham qoʻshiladi. Kashandaning yuragi, oʻpkalari, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi oʻynaydi, ogʻzidan badboʻy hid keladi, arterial qon bosimi koʻtariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari koʻkaradi. Shuningdek, jigar sohasida (oʻng qovurgʻa ostida) ogʻriq paydo boʻladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda koʻzlarining osti shishgan boʻladi. Kechqurun esa oyoqlari shishadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ogʻiz - til, qiziloʻngach, meʼda kabi aʼzolarning rak kasalligi nos otuvchilarda boshqalarga nisbatan bir necha marta koʻp uchraydi. Shunday qilib, koʻp yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yoʻqotadi, vaqtidan ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.

Kashandalikka barham berish asosan kashandaning irodasiga bogʻliq.

Ikrom Sariboyev,

tuman Salomatlik markazi shifokori.

(Foto - http://zarnews.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026