22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:42
Fan va taʼlim 👁 225

FAN OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

FAN OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Tumanimizdagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida tarix fani oyligi doirasida biri-biridan qiziqarli tadbirlar oʻtkazildi. Ayniqsa, sinflararo  oʻtkazilgan “Siz tarixni bilasizmi?”, “Oʻlkamiz tarixini oʻrganamiz”, “Buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz”, “Temuriylar saltanati haqida nimalarni bilasiz?”, “Boburiylar saltanati va jahon” mavzularidagi suhbatlar, viktorinalar, zakovat oʻyinlari, insholar va referatlar tanlovlari, mamlakatimiz tarixiga oid rasmlar tanlovi oʻquvchi-yoshlarning tarix faniga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Yangi yil bayrami va oʻquv yilining ikkinchi choragi arafasida maktabda fan oyligining yakuniy bosqichi oʻtkazildi. Unda fan oyligi davomida amalga oshirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi koʻrgazma tashkil etilib, koʻrgazmadan oʻquvchilar tomonidan  fan oyligi davomida yozilgan referatlar, maʼruzalar, insholar va shu bilan birgalikda Ona Vatan tarixini, istiqlol yillarida xalqimiz erishgan yutuqlarni aks ettiruvchi rasmlar joy oldi.

Fan oyligi yakuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktorining oʻrinbosari Munavvar Yoʻldosheva ochdi va barchani oʻquv yilining ikkinchi choragi muvaffaqiyatli yakunlanishi hamda hayotimizga kirib  kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Shuningdek, fan oyligining muvaffaqiyatli oʻtkazilishida fidoyilik koʻrsatgan tarix fani oʻqituvchilariga, shu barobarida, aʼlochi va jamoat ishlarida faol oʻquvchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirning badiiy qismini maktabning 7-sinf oʻquvchilari boshlab berishdi. Ular oʻzlarining fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlardan olgan taassurotlari haqida quvonch bilan soʻz yuritdilar, tarixiy mavzularda sheʼrlar oʻqib berdilar. Shu bilan birga “Amir Temur va Bibixonim” deb nomlangan sahna koʻrinishini mahorat bilan namoyish etdilar. Oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishi orqali oʻzbek xalqining buyuk tarixiga alohida urgʻu berildi. Nafaqat Oʻrta, Osiyo, balki dunyo xalqlarini moʻgʻullar istilosidan ozod etib, oʻzi barpo qilgan buyuk davlatchilik tizimida adolat va tinchlik oʻrnatgan shoh va sarkarda, ulugʻ jahongir bobomiz Amir Temurning oʻz oilasi, farzandlari  tarbiyasiga ham oʻta maʼsuliyat bilan yondashgani, har bir shahar va robotlarni bunyod etishdagi tengsiz mahorati, Bibixonim ishtirokida amalga  oshirilgan bunyodkorlik ishlari xususida soʻz yuritishdi. Bunday murakkab sahna koʻrinishini oʻquvchilar katta mahorat bilan tayyorlashganidan barcha mamnun boʻldi.

Tadbirda 5-sinf oʻquvchilari nihoyatda faollik koʻrsatishdi. Ular ona Vatan, kindik qoni tomgan tuproq, oʻzlari ulgʻaygan yurt tarixini madh etuvchi sheʼrlarni juda taʼsirli qilib oʻqib berdilar. Milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan mumtoz va zamonaviy raqslar ijro etishib, tadbir ishtirokchilariga olam-olam zavq bagʻishladilar.

Tadbir yakunida fan oyligi doirasidagi bellashuvlar, tarixiy suhbatlar, zakovat bahslari, referat yozish, insholar hamda rasmlar tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan taqdirlandi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026