22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:29
Siyosat 👁 181

PREZIDENTIMIZ YoShLARNI “OʻZBEKISTONNING ENG KATTA BOYLIGI, BEBAHO XAZINASI”, DEB ATADILAR

PREZIDENTIMIZ YoShLARNI “OʻZBEKISTONNING ENG KATTA BOYLIGI, BEBAHO XAZINASI”, DEB ATADILAR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida 2020-yil
25-dekabr kungi mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston yoshlari” forumi Respublikamizda ilk marotaba tashkil qilingan nufuzli anjuman sifatida yoshlar hayotida chuqur iz qoldirdi. Ayniqsa, Prezidentimizning: “Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda, sizlarning gʻayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, koʻnglim togʻday koʻtariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman”, - degan soʻzlari biz yoshlarni ruhlantirib yubordi.

2020-yil 29-dekabr kuni esa Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida 2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif etganlarida bizga yanada masuliyat va katta ishonch bildirilayotganini chin dildan his etdim.

2021-yilda mamlakatimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab oʻz faoliyatini boshlashining oʻzi yoshlar uchun juda katta imkoniyat eshiklari ochilayotganidan dalolatdir. Buning amaliy ijrosini tumanimizda oʻz faoliyatini boshlash arafasida turgan iqtidorli yoshlar maktabi misolida ham yaqqol koʻrish mumkin.

Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligi va bandligini taʼminlash uchun 100 million dollar mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilayotgani yanada quvonarli. Xususan, “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida koʻngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda, 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusi amalga oshiriladi. “Hunarli kishi xor boʻlmas”, gʻoyasi asosida hunarmand-ustalar qoʻlida ishsiz yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish maqsadida hududlarda ustoz-shogird anʼanasi mutlaqo yangi koʻrinishda tashkil etiladi. Bunda, uch oy muddatda ustoz-shogird anʼanasiga jalb etiladigan hunarmand-ustalarni Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish rejalashtirishmoqda. Ushbu rejaga koʻra, tumanimizda ham “Yoshlar kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi.

2021-yilda kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqib, sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratiladi. Bunday kreditlarni 3-yil imtiyozli davri bilan 7-yil muddatga berish, bank tomonidan ushbu maqsadlar uchun  2021-yilda 45 million dollarlik mikrokreditlar ajratish koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz oʻz Murojaatnomasida yoshlarni quvontiradigan yana bir gʻoyani ilgari surdilar. Yaʼni, har bir tuman va shahardan kamida 5 nafardan yoshlarni madaniyat va sanʼat oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan oʻqitish boʻyicha dastur ishlab chiqilib, amalga oshiriladi. 2021-yildan boshlab har yili har bir tuman va shahar hokimlari tomonidan 10-15 nafar isteʼdodli yoshlarni saralab, ularni har tomonlama tarbiyalash va muntazam ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Yoshlarning xalqaro “IT” sertifikatlarini olish xarajatlarining
50 foizgacha boʻlgan qismini byudjetdan qoplab berish tartibi ishlab chiqilib, joriy etiladi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 2021-2022-yillarda 300 ming nafar yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga bepul oʻqitiladi. “Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual oʻyinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari koʻrik-tanlov va musobaqalar tashkil etiladi. Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun “Prezident granti” joriy etiladi.

Ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti berish tartibi joriy qilinib, bunda, kreditni oʻqish davri tugab, yoshlar ishga joylashgandan soʻng qaytarish nazarda tutilgan.

 Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha tuman, shahar, viloyat va respublika chempionatlari, “Hokim kubogi” musobaqalari tashkil etiladi. Har bir hudud va soha kesimida “Vatanparvar” tashkiloti bazasida yoshlar mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitiladi. Alisher Navoiy, Berdaq, Ibroyim Yusupov, Kunxoʻja, Ajiniyoz Qosiboy oʻgʻli, Toʻlepbergen Qaipbergenov kabi ulugʻ adiblar xotirasiga Nukus shahrida “Adiblar hiyoboni” barpo etiladi.

Bularning barchasi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari, jismonan yetuk, maʼnan barkamol inson sifatida shakllanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, yutuqlarini ragʻbatlantirib borish orqali, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, har  bir yoshni “Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi”ga aylantirishga qaratilgan. Demak,  Prezidentimizning yuksak ishonchiga munosib yashash, oʻqish, mehnat qilish, ona Vatan taraqqiyotiga oʻz hissamizni qoʻshish har birimizning zimmamizdagi burchimizdir.

Jasur DAVLETOV, Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026