21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:50
Jamiyat 👁 4,001

TAQINChOQLAR - OʻZLIGIMIZ OYNASI

TAQINChOQLAR - OʻZLIGIMIZ OYNASI

Qiz bola borki, turli xil zirag-u bilaguzuklar, tilla zanjir hamda uzuklar taqib olib, gulday ochilib yurishni yoqtiradi, oʻzbek qizi mana shunday goʻzalligi, xulqi-odobi bilan boshqa millat qizlaridan ajralib turadi, nazokati, nafosati ham oʻzgacha. Ammo, mana shu nafosatga rahna solayotgan bir yov bor - bu noanʼanaviy, jimjimador taqinchoqlardir. Hozirda bunday taqinchoqlarning turi kundan-kunga ortib bormoqda. Qizigʻi shundaki bunday taqinchoqlarning hammasi ham tilla emas. Ikki-uch kunda oʻz rangini yoʻqotadigan sifatsiz. Toʻgʻri, oltin taqinchoqlar inson organizmi faoliyatini yaxshilaydi, buni tibbiyot tasdiqlaydi. Lekin yuqorida aytganimizdek kauchuk va metalldan tayyorlanganlarichi? Uning foydasi bormi? Albatta yoʻq, bu nafaqat moddiy zarar balki maʼnan ham ziyondir. Buning bilan men bunday taqinchoqlarni butunlay qoralamoqchi emasman. Chunki ularning orasida ixcham hamda bejirimlari ham bor. Hammaning ham tilla taqishga qurbi yetmaydi, "besh qoʻl barobar emas”. Bunday hollarda qizlar ota-onaning boʻyniga, "dugonam unday zirak taqibdi”, "falonchi bunday uzuk taqibdi” deb osilib olishi bu – maʼnaviy qashshoqlik belgisidir. Bunday farzand na ota-onani rozi qila oladi, na Vatanga manfaat keltira oladi. Shuni bilamanki, oqila qiz aslo bunday yoʻl tutmaydi. Ammo bizning yoshlar, yaʼni tengqurlarim yoppasiga zeb-ziynatga oʻch boʻlib borayaptilar. Zuhrolar, Kumushbibilar faqat ertakda qolib ketyapti... Yoʻllarda, jamoat joylarida ketayotsang ortiqcha yasan-tusanga berilgan qizlarga qoʻzing tushadi. Ayrimlarida bir qarich kelgulik ziraklar, yana birida aylanasi bilaguzukdan ham kattaroq xillari... Achinib ketasan kishi. Ikki-uch qator qilib teshilgan qulogʻiga kuyasanmi,yoki burniga taqib olganlarigami? Bu koʻrinish orqali kimga yoqmoqchimiz oʻzi? Oʻylaymanki bu holatdagi qizni koʻrgan har qanday "oq otli shahzoda” orqasiga qaramay qochadi. Haqiqatdan ham, tor shimda yoki mini yubkada yurib oʻzini koʻz-koʻz qilayotgan qizdan nima kutish mumkin? Muqaddas islom dinimizda ham bunday holatlar qattiq qoralanadi.

Aziz dugonalarim! Jon opa-singillarim! Siz yuqoridagidek oʻta naqshinkor va soxta goʻzalliklarsiz ham tabiiy goʻzalsiz. Jamolingiz oy bilan talashadi. Ammo odobingiz, ichki dunyongiz ham shunga yarasha boʻlishi kerak. Unutmang, biz oʻzbek qizlarimiz, bizning tomirimizda buyuklarning qoni bor, momolarimiz halol va pokiza yashab oʻtishgan. Shunday ekan, bizga havaslanib boqqan nigohlar bizni borimizcha sevsin...

Aziza MADRAHIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026