1-sonli kasb-hunar maktabida yoşlarga kasb sirlari örgatilmoqda
Mamlakatimizda keyingi yillarda kasb-hunar taʼlimi sohasidagi davlat siyosati tubdan özgardi. Sohada tub islohotlarni amalga oşiriş va zamonaviy professional taʼlim tizimini barpo etiş maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2019-yilda “Professional taʼlim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon Özbekiston tarixida yangi professional taʼlim tizimini taşkil etişga asos böldi va yurtimizda kasb-hunar kollejlari negizida kasb-hunar maktablari faoliyati yölga qöyildi. Amudaryo tumanida ham yangi öquv yilidan 2 ta kasb-hunar maktabida öquvçi-yoşlar kasb va hunarga örgatila boşladi.
Qipçoq ovulida joylaşgan Amudaryo agrobiznes kolleji negizida yangi taşkil etilgan 1-sonli kasb-hunar maktabiga mazkur öquv yilida 4 ta mutaxassislik böyiça umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tugatgan 122 nafar öquvçi qabul qilindi.
Ayni paytda mazkur kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan öquvçilar avtomobillarni taʼmirlaş çilangari, elektro gaz payvandçi, tikuvçilik, asalariçilik kabi kasb va hunarlarni örganişmoqda. Ularga 26 nafar öqituvçi va 4 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berib, hunar örgatişmoqda.
Taʼlim jarayonida yoşlarga taqdim etilayotgan bunday imkoniyatlar ertamiz egalari bölgan yoş avlodning öz salohiyatini töla namoyon etişi, özi tanlagan kasb böyiça öqişi, işlaşi, hayotda öz örnini topib olişi va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qöşadigan mutaxassislar bölib yetişişi uçun mustahkam poydevor yaratadi. Şuni nazarda tutib, uşbu kasb-hunar maktabi maʼmuriyati, jamoasi ham tegişli yöriqnomalarda körsatilgan meʼyoriy tartiblardan kelib çiqib kadrlar tayyorlaş vazifasini öz faoliyatining boş mezoni qilib belgilagan. Maktabda kadrlar tayyorlaş 2021-2022 öquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilari hisobidan şakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalaşgan dasturlari asosida amalga oşiriladi.
Öquvçilarga 1-sonli kasb-hunar maktabida umumtaʼlim va maxsus fanlardan dars maşğulotlari ötkazilmoqda. Umutaʼlim fanlardan 20 nafar, maxsus fanlardan 6 nafar malakali öqituvçilar barça dars maşğulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar böyiça taşkil etib, öquvçilarning qiziqişlarini oşirişmoqda. Ularga sifatli bilim berib, yetarli könikmaga ega bölişlarini taʼminlaş maqsadida barça maşğulotlarni fan kabinetlari, laboratoriya xonalarida ötkazişmoqda. Bundan taşqari, maktabda taʼlim olayotgan öquvçilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining bir barobari miqdorida stipendiya va uç mahal ovqat bilan taʼminlanadi.
Öquvçilarning darsdan taşqari böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida umumtaʼlim fanlaridan 9 ta, maxsus fanlardan 4 ta dars tögaraklari taşkil etildi. Jumladan, Prezidentimizning 5 ta muhim taşabbusi doirasida ham 4 ta tögarak faoliyati yölga qöyilgan bölib, öquvçilar ularga töliq qamrab olingan. Uşbu 5 ta taşabbus doirasidagi sport tögaragida öquvçilar örtasida şaxmat-şaşka, voleybol böyiça musobaqalar muntazam ravişda taşkil qilinadi.
Yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş, maʼnaviyatini yuksaltiriş maqsadidagi “Yoş kitobxonlar” tögaragida ham kitobxonlar safi ortmoqda. Kasb-hunar maktabida 18 mingdan ziyod kitob fondiga ega bölgan kutubxona mavjud. Uşbu kutubxonadagi kitoblarning 9 mingdan ortiği umumtaʼlim, 4 mingdan ziyodi maxsus fanlar kitoblari, qolganlari ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlardan iborat.
Jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovçi, yuqori malakali, maʼnaviyatli, mohir kasb egalari tobora köproq talab qilinmoqda. Şu boisdan 1-sonli kasb-hunar maktabida öquvçilarga hunar, kasb örgatiş bilan birga bilimli qilib kamolga yetkaziş eng asosiy maqsad qilib olingan.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶