NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM KÖRSATILDI
Ayni kunlarda mamlakatimizning barça öquv muassasalarida, ijodiy jamoalarda, har bir mahalla va xonadonda hazrat Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan köpmillatli xalqimiz uçun deyarli yod bölib ketgan şoir ğazallari, ruboiylari qayta-qayta jaranglamoqda.
Tumanimizdagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Ğazal mulkining sultoni” mavzusida ötkazilgan adabiy-musiqiy tadbirda uluğ bobokalonimiz asarlarining dunyo xalqlari hayotida tutgan örni, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirişdagi beqiyos ahamiyati haqida öquvçi-yoşlar faxrlanib söz yuritdilar.
Tadbirni maktab direktori Guloyim Qalandarova oçdi va Alişer Navoiyning buyuk maʼnaviy merosi hamda asarlarining yoşlar taʼlim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil töxtaldi. Ayniqsa, yoşlar kamoloti, ota-onaning farzand oldidagi burç va vazifalari, farzandning ota-onaga ehtiromi, masʼuliyati, şoirning “Hayrat ul-abror” asarining badiiy qimmati xususida gapirib berdi. Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Soatboy Matkarimov ham sözga çiqib, Navoiy asarlarining yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqaça töxtaldi.
Şundan söng, maktabning 9-10-sinflar öquvçilari şoir ğazallarini ifodali öqib berdilar hamda ruboiy va tuyuqlarining mazmun-mohiyati xususida bir-birlariga savollar berişib, Navoiy asarlaridan olgan taassurotlari haqida tölqinlanib sözladilar.
Tadbirning musiqiy qismida öquvçilar şoirning “Kelmadi”, “Mubtalo” ğazallari asosida xalq hofizlari tomonidan kuylangan aşulalarga raqsga tuşdilar. Öquvçilarning özlari ham şoir ğazallarini kuyga solib ijro etişdi.
Alişer Navoiy asarlari asosida tayyorlangan kiçik sahna körinişlari orqali şoirning yurt obodonçiligi, xalqlar tinçligi, yoşlar taʼlim-tarbiyasi xususida fidoyilik bilan qilgan bunyodkorlik işlari, ayniqsa, madrasa talabalariga körsatgan beğaraz moddiy yordamlari, mamlakatni obod qiliş, ijod ahlini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirgan katta bunyodkorlik işlari, saxovatpeşaligi namoyiş etildi.
Uşbu tadbirni maktabning ona tili va adabiyoti fani öqituvçilari Şodiya Tojiboyeva va Eʼtibor Şukurullayevalar 9-10-sinflar öquvçilari bilan hamkorlikda tayyorlaşdi. Tadbir katta mahorat va izlanuvçanlik mahsuli sifatida barçaga manzur böldi. Navoiy asarlari, uning yorqin va ibratli hayoti, davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyatini aks ettiruvçi sahna körinişlari, sahna bezaklari iştirokçilarga maʼnaviy ruh bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶