MTT TARBIYaLANUVÇILARI A.NAVOIY OBRAZINI GAVDALANTIRDI
5-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida Alişer Navoiy bobomizning 580 yilligiga bağişlab Navoiyxonlik keçasi bölib ötdi. Keçada MTTning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçilari va tarbiyaçilar qatnaşdilar. Keçada bolajonlar ğazal mulkining sultoni Alişer Navoiy bobomizning ğazal va hikmatli sözlarini yoddan aytib berişdi. Ayniqsa, bolajonlar iştirokidagi «Non isi», «Alişer va bulbul», «Şer va Durroj» sahna körinişlari barçaga zavq-u şavq bağişladi.


Tarbiyalanuvçilar sahna körinişlari orqali Navoiy davridagi öziga xos muhitni oçib berdilar. Tadbir söngida taşkilot rahbari Hafiza Örozmetova sözga çiqdi va bolajonlarni buyuk siymolar bilan yana bir bor taniştirib, ular yaratgan betakror asarlarni har bir bola mehr-muhabbat bilan örganişi zarurligini taʼkidladi. Bugungi jajji bolajonlar kelajakda buyuk bobomiz Navoiy kabi buyuk insonlar bölib voyaga yetişişiga tilakdoşlik bildirdi. Jajji bolajonlar iştirokidagi tadbir barçada yaxşi taassurot qoldirdi.


Gulçehra YuLDAŞEVA,
5-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti uslubçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶