NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN ADABIY-BADIIY KEÇA ÖTKAZILDI
Jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qöşgan uluğ mutafakkir, şoir Alişer Navoiy hayoti va ijodini örganiş, ularning insonparvarlik ğoyalari bilan yöğrilgan asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoşlar ongiga çuqur singdiriş va şu orqali ularda adabiyotga qiziqişi, vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu kunlarda yurtimizdagi barça taʼlim maskanlarida uluğ bobokalonimiz tavalludining 580 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar, adabiy keçalar ötkazilmoqda.
8-fevral kuni 1-sonli maktabda ham Alişer Navoiyning tavalludiga bağişlab “Navoiy – barhayot siymo” deb nomlangan adabiy-badiiy keça taşkil etildi. Keçada maktab öquvçilari tadbirni Navoiy bobomizning ğazal va ruboiylari, dostonlaridan parçalar bilan davom ettirişdi. Tadbir davomida öquvçilar tomonidan ijro etilgan bobokalonimiz hayoti aks etgan sahna körinişlarini ham barça zavq bilan tomoşa qildi. Maktab öquvçilari tadbirda uluğ ajdodimizga bölgan çuqur ehtiromini namoyon etdilar.
Maktabdagi Navoiy tavalludiga bağişlangan tadbirlar 6-“A” sinfdagi oçiq öquv maşğulotlari bilan davom ettirildi. Fan öqituvçisi Dilnoza Ibrohimova darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida taşkillaştirdi. Darsda şoirning hayoti va ijodi haqida öquvçilarga keng va qiziqarli maʼlumotlar berilib, öquvçilarning bilimlari kengaytirildi. Öquvçilar ham öz navbatida bobokalonning ğazallari, ruboyilari, dostonlaridan parçalarni ifodali tarzda yod aytib berişdi. Uluğ ajdodimiz, mutafakkir şoir Alişer Navoiy tavalludi munosabati bilan ötkazilgan uşbu oçiq öquv maşğulotida kuzatuvçi sifatida qatnaşgan tuman Xalq taʼlimi bölimi uslubçisi Ötkir Matmurodov va maktaböqituvçilari darsni ijobiy baholaşdi.
Uluğ adib ijodiga oid qiziqarli maʼruza, tadbir davomida ijro etilgan sahna körinişlari, muşoira, bahru bayt hamda oçiq öquv maşğuloti maktab öquvçilarining bilimlarini oşirib, ong-u tafakkurini, maʼnaviyatini yuksaltirdi. Ular qalbida tariximizga, milliy qadriyat va anʼanalarimizga hurmat, vatanparvarlik tuyğulari yanada mustahkamlandi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶