22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:56
Fan va taʼlim 👁 351

QILIChBOYDAGI 27-SONLI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANI

QILIChBOYDAGI 27-SONLI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANI

Mamlakat kelajagi boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, avvalo, bogʻcha va maktablardan boshlanadi. Shu bois, yurtimizda mazkur sohani yanada taraqqiy ettirish hamda farzandlarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratish yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi boʻgʻini hisoblandi va har tomonlama sogʻlom va barkamol shaxsni tarbiyalab, maktabga tayyorlashda gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga koʻra mamlakatimizda 2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish Dasturi doirasida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish, qurish, rekonstruktsiya qilish hamda mukammal taʼmirlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.


Qilichboy ovulidagi 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi 1980-yilda qurilganligi sababli juda eskirgan, shu sababli 110 nafar oʻrniga 55 nafar kichkintoyga taʼlim-tarbiya ishlari olib borilayotgan edi. Prezidentimizning “2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tuman hokimligi va tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi tashabbusi bilan ushbu tashkilotda ham qurilish-taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.
Tumandagi “Amudaryo maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3 mlrd. 138 mln.dan ziyod mablagʻ evaziga tashkilotning bino va inshootlari yangidan qurildi. Mazkur muassasa 125 nafar bolaga moʻljallab, qisqa vaqt ichida bunyod etildi. Oʻyin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy gilamlar, jihozlar bilan taʼminlandi. Kichkintoylar uchun har xil oʻyinchoqlar, mashgʻulotlar doir koʻrgazmali vositalar bilan bezatildi. Bundan ovul ahli, ayniqsa, ayol-qizlarning quvonchi nihoyatda cheksiz boʻldi va oʻz farzandlarining ushbu zamonaviy koʻrinishdagi tashkilotga muntazam qatnashlarini taʼminlashdi.


2019-yilning noyabr oyida foydalanishga topshirilgan tashkilotda ayni paytda 5 ta guruhda 125 nafar kichkintoy tarbiyalanmoqda. Zamonaviy koʻrinishga ega mazkur tashkilot tarbiyachilari malakali, shirinsoʻz. Muassasada  7 nafar oliy maʼlumotli, 3 nafar tugallanmagan oliy, 20 nafar oʻrta-maxsus maʼlumotli pedagog xodimlar faoliyat yuritmoqda. Kundalik mashgʻulotlardan tashqari rus, ingliz tili, shaxmat, shashka, rasm chizish, jismoniy tarbiya, musiqa va raqs toʻgaraklari, qizlarjon klublarida muntazam ravishda kichkintoylarga taʼlim-tarbiya berish ishlari olib borilmoqda. Bolajonlarga tashkilot rahbari Muhabbat Rahimova boshchiligida malakali tarbiyachilardan Nilufar Sadikova, Dilbar Hayitova, Oygul Artikova, Zuhra Yoʻldoshea, Dilrabo Bozorboyevalar tomonidan sifatli taʼlim-tarbiya berib kelinmoqda. Shuningdek, toʻgaraklarda musiqadan Ozod Rahimov, jismoniy tarbiyadan Mohira Ahmedova, raqs boʻyicha Munojot Sharifboyevalar mashgʻulotlarni qiziqarli tarzda oʻtkazib, kichkintoylarning qiziqishlarini oshirishmoqda.


Undan tashqari, tashkilotda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga toʻliq rioya qilingan holda tayyorlanishiga jiddiy eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Tarbiyalanuvchilarga belgilangan standartlarga muvofiq, sifatli, toʻyimli hamda foydali taom va yeguliklar tayyorlab berilmoqda.
Qilichboy ovulidagi mazkur 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi sharoitlar, yaʼni bolalarning oʻyin maydonchalari, ovqatlanish, yuvinish, dam olish xonalari barcha talablarga mos. Bu, albatta, kelajak egalari boʻlgan yosh avlodning sifatli boshlangʻich bilim olishlari, har tomonlama sogʻlom oʻsib-ulgʻayishiga xizmat qiladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026