Ovulga körk bölgan kollej
Istiqlol yillarida bizning Xitoy ovulimiz yanada çiroy oçdi. Köçalar obod, fuqarolarning turmuş tarzi kun sayin ösib, yangidan-yangi imoratlar, aholiga xizmat körsatiş şoxobçalari iş boşlamoqda. Buning barçasi bu hududda istiqomat qiluvçilarning hayotga va öz kelajaklariga endi boşqaça köz bilan qaray boşlaganliklaridan dalolat berib turibdi.
Ötgan 2013-yilning fevral oyidan boşlab ovulning qoq markazida yangi bino qurilişi boşlandi. Bu inşoot Amudaryo transport kasb-hunar kolleji binosi edi. "Quriliş xizmat” MÇJ tomonidan yuqori surʼatlarda olib borilgan mehnatlar natijasida qisqa fursat içida barpo etilgan kollej sentyabr oyida iş faoliyatini boşlab, hududdagi töqqizta umumtaʼlim maktablari bitiruvçilaridan 213 nafar yigit-qizni öz bağriga oldi. Joriy yilda öquvçilar beş xil taʼlim yönalişi böyiça taʼlim olmoqdalar. Ularga yigirma bir nafar oliy maʼlumotli mutaxassis öqituvçilar taʼlim-tarbiya berib, ilm-hunar sirlarini örgatmoqdalar.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov köhna va navqiron Samarqand şahrida Örta asrlar şarq allomalari tarixiy merosini örganiş böyiça ötkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda taʼkidlaganlaridek "bugungi kunda yurtimizdagi ovul va qişloqlarda eng haşamatli va eng mahobatli binolar kasb-hunar kollejlari binolari bölib, jamiki hududlarga körk bağişlab turibdi”. Zero, şu örinda Sohibqiron bobomiz Amir Temurning "Agar bizning qudratimizga şak keltirsang, kelib biz qurgan imoratlarga boq” degan sözlarini keltirib ötiş joiz. Bugungi kunda ovuldagi eng körkam imoratga aylangan kollejimizda yoş-avlodning bilim olib, hunar örganişlari uçun barça şaroitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Kollejda taşkil etilgan törtta kafedrada faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli pedagoglar özlarida bor bilim va tajribalarni işga solib, öquvçi-yoşlarga taʼlim, kasb-hunar sirlarini örgatmoqdalar. Fan xonalari, işlab çiqariş ustaxonasi, barça jihatlari bilan jahon miqyosi talablariga javob beruvçi sport zali har kuni, ertadan keçgaça yoşlar ixtiyoriga berilgan. Öquvçilar belgilangan dars maşğulotlarini ötib bölgandan söng ön ikkita fan va oltita sport tögaraklarida öz bilim va mahoratlarini oşiriş imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. "Ingliz tili”, "Orasta qizlar”, "Muay-tay” tögaragi nafaqat kollejimiz öquvçilarini, balki hududda joylaşgan umumtaʼlim maktablari öquvçi-yoşlarini ham öziga jalb etdi va natijada til örganaman, orasta bölaman, sport bilan şuğullanib, yuksak çöqqilarni egallayman degan yoşlarning safi tobora köpayib bormoqda.
"Kamolot” YoIH tuman Kengaşi taşabbusi va rahbarligida turli körik-tanlovlar va sport musobaqalarida kollejimiz yoşlari muntazam iştirok qilib, munosib örinlarga ega bölmoqdalar.
Azaldan mehnatkaş, köngli oçiq, mehmondöst bölgan Xitoy ovuli aholisi kollej faoliyatiga yaqindan yordam berib, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarida öz farzandlari bilan bab-baravar qatnaşmoqdalar. Ayni kunlarda esa öquv maskanimiz atrofini yanada obodonlaştiriş, Mustaqillikning 23 yillik qutluğ sanasiga ovulimizni bundan ham gözal va obod manzilga aylantiriş maqsadida öquvçi-yoşlar va ovulimiz ahli fidoyilik bilan mehnat qilişmoqda. Zero, "Obod manzillarda soğlom avlod dunyoga keladi”, deb bejiz aytilmagan. Bu eldan yetişib çiqqan olim va allomalarni butun dunyo ahli tanişi heç kimga sir emas. Buyuk fizik olim Eynşteynning: "Dunyoni heç qanday yovuz kuç, heç qanday qurol-yaroq yöqotolmaydi, lekin sening beparvoliging yöqotişi mumkin”, degan hikmatli sözlariga amal qilgan bu yurtning fidoyi xalqi heç qaçon öz farzandlarining taqdiriga befarq bölmagan. Har doim yuqori marralarni közlaydigan bobodehqonlarimizning farzandlarini tarbiyalab, ularga kasb-hunar sirlarini örgatişni biz taʼlim sohasi xodimlari özimizning muqaddas burçimiz deb bilamiz, yoş avlodni tarbiyalaşdek şarafli kasb egasi bölganimizdan hamişa faxrlanib yaşaymiz. Şu örinda ustoz-murabbiy Tursunboy Abdullayev qalamiga mansub quyidagi misralarni fikrim yakunida keltirib ötişni lozim topdim:
Dostonga arzigulik fazilatga boy,
Qadimiy, navqiron qişloğim Xitoy.
Bir yoni Xorazm, Manğit orasi,
Yer-suvi pokiza, elning sarasi.
Örtada hayqirib oqar Qoraköz,
Köp erur u haqda rivoyat ham söz.
Yaşnayver, kundan-kun oçib körk-çiroy,
Qadimiy navqiron qişloğim Xitoy.
Bahodir Şomurodov,
Amudaryo transport kasb-hunar kolleji direktorining maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça örinbosari.
(Suratda: Amudaryo melioratsiya kasb-hunar kolleji (illyustratsiya uçun)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶