21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:36
Sport 👁 351

SEKTORLAR KESIMIDA “SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaShA!” ShIORI OSTIDA MAHALLALARARO SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

SEKTORLAR KESIMIDA “SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaShA!” ShIORI OSTIDA MAHALLALARARO SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Shu kunlarda tumandagi barcha fuqarolar yigʻinlari oʻrtasida sektorlar kesimida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida 9 yoʻnalishda sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Tuman sport boʻlimi bilan birgalikda rejaviy jadval asosida 11-18-fevral kunlari hududiy bosqichlar va 22-27-fevral kunlari esa tuman bosqichi oʻtkazilishi belgilandi. Bu musobaqalarda barcha yoshdagi qiziquvchilar, yaʼni 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan yurtdoshlarimiz ishtirok qilishlari mumkinligi aytilib, barcha hududlardagi aholiga yetkazildi.
Joriy yilning 11-fevral kuni sportning shashka va shahmat turi boʻyicha 4 ta sektor hududidagi mahallalar oʻrtasida musobaqaning hududiy bosqichi oʻtkazildi. Musobaqa har ikkala tur boʻyicha ham 1-sektordan Oybek nomli MFY, 2-sektordan Farovon MFY, 3-sektordan Durunki MFY, 4-sektordan ham har ikkila tur boʻyicha Qangli OFY jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritishib, tuman bosqichiga yoʻllanma oldilar.
12-fevral kuni esa sportning mini futbol turi boʻyicha 4 ta sektor hududidagi mahallalar oʻrtasida musobaqaning hududiy bosqichi oʻtkazildi. Musobaqa yakunida 1-sektordan Toʻlqin OFY, 2-sektordan Xolimbeg OFY, 3-sektordan Kuyuk koʻpir OFY, 4-sektordan Chordara MFY jamoalari gʻolib boʻlishib, tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
13-fevral sanasida sportning voleybol turi boʻyicha 4 ta sektor hududidagi mahallalar oʻrtasida oʻzaro hududiy bosqich bellashuvlari oʻtkazildi. Qizgʻin va doʻstona vaziyatda oʻtgan musobaqalar yakunida 1-sektordan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Daryo boʻyi MFY, qizlar oʻrtasida Toʻlqin OFY, 2-sektordan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Farovon MFY, qizlar oʻrtasida Xizr eli MFY, 3-sektordan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Kuyuk koʻpir OFY, 4-sektordan Chordara MFY jamoalari gʻolib boʻlishib, tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
15-fevral kuni sportning basketbol turi boʻyicha 4 ta sektor hududidagi mahallalar oʻrtasida oʻzaro hududiy bosqich musobaqalari yanada qiziqarli boʻldi. Unda 1-sektordan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Toʻlqin OFY, 2-sektordan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Arna boʻyi MFY, qizlar oʻrtasida Xizr eli MFY, 3-sektordan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Oq oltin OFY, qizlar oʻrtasida Kuyuk koʻpir OFY, 4-sektordan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Namuna MFY jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kirishib, tuman bosqichiga yoʻllanma oldilar.
16-fevral kuni sportning stol tennisi turi boʻyicha hududiy bosqich musobaqalari oʻtkazildi. Musobaqa yakuniga koʻra, 1-sektordan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Toʻlqin OFY, qizlar oʻrtasida Qipchoq OFY, 2-sektordan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Yangiobod MFY, qizlar oʻrtasida Arna boʻyi MFY, 3-sektordan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Boy ovul MFY, 4-sektordan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Navoiy MFY jamoalari gʻolib boʻlishdi va tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.


Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, sektorlar kesimida oʻtkazilgan mazkur sport musobaqalarida Choykoʻl, Qilichboy, Doʻrman, A.Temur nomli, Xitoy, Boʻzyop, Toshyop, Oʻrta qalʼa, Bobur nomli, Nazarxon OFYlari, Jumurtov va Qipchoq ShFYlarida sport-sogʻlomlashtirish ishlari qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, A.Navoiy nomli, Boyovul, Yangiobod, Namuna, Xizr eli, Arna boʻyi, Daryo boʻyi, Farovon, Chordara, Durunki kabi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan tashqari barcha MFY va ShFYlarda aholini sport-sogʻlomlashtirish ishlariga jalb etish, ayniqsa, yoshlar, bolalar sportini rivojlantirishga eʼtibor sustligi ayon boʻldi. Chunki yuqorida nomlari qayd etilgan OFY va MFYlardan tashqari, nomlari tilga olinmagan mahallalar vakillari boʻlib oʻtgan musobaqalarda ishtirok etishmadi va ishtirok etganlari esa biron bir natijaga erishmadilar. Bu achinarli hol, albatta.
Lekin shuni mamnuniyat bilan taʼkidlash joizki, 1-sektor hududidagi Toʻlqin OFY sportchilari musobaqalarning barcha yoʻnalishlarida gʻoliblik shohsupasidan joy olishib, musobaqa ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʻlishdi.
Boʻlib oʻtgan musobaqalar bolalar va yoshlar hamda kattalar, shuningdek, oilaviy sportchilar safini yanada oshirish, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026