MAKTABGAÇA TAʼLIM MAZMUNI DAVR – TALABI
Hozirgi kunda maktabgaça taʼlim mazmunini öziga xos uslubiy hamda pedagogik-psixologik tajribalar asosida boyitib boriş davr talabiga aylandi. Çunki maktabgaça taʼlim mazmuni keng tuşunça bölib, uni samarali amalga oşiriş maktabgaça taʼlim muassasasining holati, tarbiyaçi-pedagoglar, tarbiyaçi yordamçilari, ota-onalar hamda tarbiyalanuvçilarning taʼlim jarayonidagi iştirokida yuzaga keladigan jarayondir.

Bizning 5-MTTda “Ilk va maktabgaça yoşdagi bolalar rivojlanişiga qöyiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat öquv dasturi asosida iş olib boriladi. Bu dastur böyiça MTT uslubçisi G.Yöldoşeva tuşuntiriş işlari olib boradi. MTTda ilk va maktabgaça yoşdagi bolalar taʼlim-tarbiyasi böyiça rejaga qöyiladigan davlat talablaridan kutilayotgan natijaga köra, bolalar bilimi, könikmalari va tarbiyaçining malaka körsatkiçi muhim ahamiyatga ega. Davlat talablari böyiça bolada jismoniy rivojlaniş va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, iştimoiy hissiy rivojlanişi, nutq, muloqot, öqiş va yoziş malakalari: biliş jarayonining rivojlanişi, ijodiy rivojlaniş böyiça bilimga ega bölişi kerak. Bu bilimlarni bolaga singdirişda biz – tarbiyaçilarning roli katta. Har bir bolaga mehr körsatib, tarbiya jarayonini taşkil etsak, albatta kutilgan natijaga erişiladi.

Şu vazifalarni ado yetişda bolalarning soğlom va baquvvat, ziyrak bölib ulğayişida ota-onalar ham befarq bölmasliklari kerak. Zero, ota-onalarning öz farzandlari kamolotini yaratişdagi roli maktabgaça taʼlim taşkiloti maqsadlari va mazmuni bilan uyğunlaşgandagina aʼlo natijalarga erişiş mumkin.
Xolida XAYTBOYeVA, 5-sonli MTT tarbiyaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶