21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 02:08
Jamiyat 👁 459

SUMALAK SAYLI – QADIMIY UDUM

SUMALAK SAYLI – QADIMIY UDUM

Şu kunlarda quyoş çaroğon nur soçib, köklamdan darak bera boşladi. Qişning sovuq, izğirinli kunlarini ortda qoldirib, ölkamizga fasli navbahor kirib keldi. Bahor taşrifidan ona tabiat uyğonib,  çor-atrofdagi dov-daraxtlar, öt-ölanlarga jon kirdi.

Yurt fayzi bölgan yoşi uluğlar köklam arafasida yilning möl rizq-röz bilan kelişini, barakali bölişini niyat qilib, anʼanaga aylangan xos udumlar, urf-odatlarni boşlab yuborişadi. Şu kunlarga yetişni har gal intiq bölib kutgan el quvonçi bayramlarga ulanib ketadi. Diyorimizning har bir göşasida bahoriy taomlar tayyorlaşga kirişiladi. Milliy taomlarimizdan sumalak, halim, köksomsa, kökçuçvara kabilar xonadonlarda dasturxon körkiga aylanadi. Ayniqsa, sumalak bazmlarining özgaça gaşti bor. Uşbu qadimiy taomni tayyorlaş marosimi xalqona urf-odat, udum va qadriyatlarimizni özida aks ettiradigan maʼno va mazmunga ega.

11-mart kuni erta tongdan tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi sumalak sayliga yiğildilar. Maktabning tajribali va faol öqituvçilari Hayitbika Abdurazzoqova, Xosiyat Abdullayeva, Umida Jumaniyozova hamda boşqa yoşi kattalar boş-qoşligida barça tayyorgarlik işlari darhol boşlab yuborildi. Doşqozonlarni tayyorlaşdan tortib, ötin keltiriş, undirilgan buğdoy maysasini kelida tuyiş, şirasini siqib oliş, hosil bölgan şarbatni qozonga quyiş, un çayiş va sumalakni maromiga yetkazib qaynatişgaça bölgan jarayonlar hamjihatlikda, ahillikda bajarildi.

Sumalak sayli qadimdan kişilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. Sumalak tayyorlanadigan joyga har kim bir hovuçdan un olib kelgan, birgalikda taom pişirilgan, bir qozonda tayyorlangan ovqatni hamma baham körgan.   Insonlarga darmon baxş etuvçi bu taomni tayyorlaş asnosida keksalar yoşlarga ibratli rivoyatlar, xalq dostonlarini aytib berişgan. Bularning hammasi xalqni jipslaştirgan, yoşlarni tarbiyalagan.

Yoş avlodga taʼlim-tarbiya berib kelinayotgan uşbu dargohda ham hamjihatlikda boşlangan sumalak tayyorlaş marosimi bahor bayramiga aylanib ketdi. Maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Soliy Yöldoşev boşçiligidagi boşqa öqituvçilar saylga kelganlar uçun palov, qozon kabob tayyorlab, barçani dasturxonga çorladilar. Kun davomida dasturxonni turli noz-neʼmatlar, şirin taomlar bilan töldirib, marosimga yanada fayz kiritdilar. Tong otgunça davom etgan sumalak qaynatiş marosimida şu kunlarga şukrona aytilib, bu yilgi Navröz elimizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu-baraka, sihat-salomatlik olib kelişini tilab, duolar qilindi.  

Bölib ötgan sumalak saylida ijro etilgan kuy-qöşiqlar, şöx raqslar va şeʼriy bahru-baytlar kayfiyatni yanada kötarib, özgaça şukuh bağişladi. Maktab jamoasi hamjihatligida tayyorlangan Navrözning şoh taomi – sumalak ertalab hammaga ulaşildi.

Sumalak sayli – Navröz bayramining uzviy qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga eş bölgan tadbir. Sumalak sayli şunçaki bir taom pişiriş emas, yoşu-keksa yiğilib, bir keça-yu, bir kunduz davomida öyin kulgu, xalqona qöşiq va öyinlar vositasida qadriyatlarimizni namoyon etişi demakdir.

Maktab öqituvçilari taşabbusi bilan ötkazilgan uşbu sumalak sayli ham qadimiy urf-odat va qadriyatlar, anʼanalarni, özaro ahillik, totuvlik kabi ezgu hislarni yoşlar qalbiga singdirgani bilan ahamiyatli böldi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026