22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Siyosat 👁 235

NAVROʻZ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN AMUDARYo TUMANI HOKIMI S.YOʻLDAShEVNING TUMAN XALQIGA TABRIGI

NAVROʻZ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN AMUDARYo TUMANI HOKIMI S.YOʻLDAShEVNING TUMAN XALQIGA TABRIGI

Qadrli yurtdoshlar!

Biz orziqib kutgan bahor, yasharish va yangilanish ramzi boʻlgan Navroʻzi olam qutlugʻ qadami bilan oʻlkamizga kirib kelmoqda.

Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrk-u ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yanada cheksiz quvonch va zavq bagʻishlamoqda. Navroʻzi olam xalqimiz, davlatimiz va jamiyatimiz hayotida alohida ahamiyatga ega boʻlib, eng qadimiy va navqiron ayyom sifatida katta shodiyona bilan nishonlanadi.

Ushbu ayyom bilan Sizlarni, Siz orqali butun tumanimiz ahlini chin qalbimdan samimiy muborakbod qilaman. Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon boʻlsin! Sharqona Yangi yilimiz – Navroʻzi olamning qadami qutlugʻ va barakali kelsin!

Navroʻz tilga olinishi bilan ulugʻ hazrat Alisher Navoiyning: “Har tuning qadr oʻlubon, har kuning boʻlsin Navroʻz!” degan goʻzal bir satrlari yodimizga tushadi. Biz ushbu satrlarni nainki har galgi Navroʻzda, balki yilimizning har bir kunida tilga olamiz, ana shu ezgu tilak bilan yashab, mehnat qilamiz. Necha ming yillik tarixga ega boʻlgan Navroʻz bayrami kunlarida bu ohorli satrlar yanada balandroq jaranglaydi.

Navroʻz kuni dalasiga urugʻ sochgan dehqon, bogʻ-rogʻiga oro bergan bogʻbon, elga rizq-roʻz, roʻshnolik tilab, sumalakka uringan onaxonlar tilidan tushmaydigan bu ezgu tilak xalqimiz tarixiy xotirasining, bebaho maʼnaviy davlatining betakrorligidan dalolatdir.

Ona zaminda yashillanish, yasharish va yashnatish damlari boshlanayotir. Dillarda shukronalik tuygʻusi bilan ulugʻ niyatlarga oshno yashayotgan xalqimiz oʻtgan yilgi Navroʻzdan bu yilgi Navroʻzgacha sinovli damlarni boshidan kechirdi. Hamisha bagʻri keng, qalbi mehr-muhabbatga, samimiyatga toʻla xalqimiz koronavirus pandemiyasini ham sabr-matonati bilan yengib chiqishiga ishonamiz. Sovid-19 bilan kurashda necha yuzlab el-yurt fidoyilari – shifokorlar, sanʼatkorlar, davlat va jamoat arboblari, millat onalari erta vafot etdilar. Yoʻqotishlar, sinovlar qarshisida jasorat va matonat namunalarini koʻrsatgan xalqimiz ming shukurki, yana Navroʻzga yetishdi.

Yurtimizning har bir goʻshasi bugun qutlugʻ va Yangi kun – Navroʻz taraddudida. Necha ming yillik tarixiy xotiralarni, boqiy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarni, milliy oʻzlikni oʻzida mujassam etgan Navroʻziy udumlardan maʼnaviy oziq olgan koʻp millatli xalqimizning hamjihatligi har bir qalbga xotirjamlik bagʻishlaydi.

Navroʻz kunlarida necha ming yillik anʼana va qadriyatlarimizni yangidan kashf etamiz, qanday buyuk tarix, qanday buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz va bundan qalblarimiz gʻurur va iftixorga toʻladi. Xayr-u saxovat, bagʻrikenglik kabi xislatlar bu ayyom chogʻida yanada yaqqolroq namoyon boʻladi.

Keksalarning duosini olish, yetim-yesirlarning boshini silash, muhtoj va koʻngli yarim odamlarga beminnat yordam berish kabi yuksak fazilatlar Navroʻz ayyomida yana bir bor oʻz tasdigʻini topadi.

Bugun nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimizning har bir ovuli va mahallasida, har bir xonadonda Navroʻz bilan bogʻliq anʼanalar, bayramona tadbirlar boshlanib, bu tadbirlarda butun xalq ishtirok etayotgani qalblarimizga quvonch bagʻishlaydi.

Qadrli yurtdoshlar!

Oʻtgan yilgi Navroʻzdan 2021-yil Navroʻzigacha tumanimizda namunaviy loyihalar asosida umumiy qiymati 6 mlrd. 593 mln. soʻm boʻlgan 2 ta koʻp qavatli, 48 ta xonadonli uy-joylar qurildi.

2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da kelajak avlodga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning mantiqiy davomi sifatida namunaviy loyihalar asosida yana 3 ta koʻp qavatli 72 ta xonadonli uylar qurilishi va oʻz egalariga topshirilishi kutilmoqda.

Eng quvonarlisi, joriy yilda Amudaryo ustidan oʻtadigan temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigi qurilish ishlari boshlab yuborildi. Yangidan qurilishi boshlangan ushbu koʻprikning uzunligi 412,7 metr, balandligi 11,5 metr, kengligi 8,5 metrni tashkil qiladi va shu bilan bir qatorda 79 km. uzunlikda “Shovot-Gurlan-Jumurtov-Qoraoʻzak” temir yoʻl liniyasi barpo etiladi.

Aziz yurtdoshlar !

Tun va kun tenglashgan ushbu damlardan boshlab Yangi kun – yangi yil boshlanadi. Oilasi, elu-yurtning rizqini oʻylab, qadrdon dalasiga yoʻl olayotgan zahmatkash bobo dehqonlarimizning bahori boshlanadi.

Yilimiz qutlugʻ kelib, daryolarimiz suvga, xirmonlarimiz hosilga toʻlishini koʻrmoq har birimizga nasib qilsin.

Muhtaram otaxon va onaxonlar!

Munis opa-singillar!

Xalqimizning ishonchi va tayanchi boʻlgan navqiron yoshlar!

Sizlarni yana bir bor elimizga kirib kelayotgan Navroʻzi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman. Navroʻzdan keyin boshlanajak sharqona yangi yilda har bir xonadonga, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu-saodat, obodlik va farovonlik yor boʻlsin!

Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin!

Cultonboy YOʻLDAShEV, Amudaryo tumani hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026