21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 247

ISSIQXONALARDA BAHOR TAROVATI HUKMRON

ISSIQXONALARDA BAHOR  TAROVATI HUKMRON

Mamlakatimiz aholisini xavfsiz va toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda issiqxonalar muhim oʻrin tutadi. Shu boisdan ham yil sayin issiqxonalar soni va ekin maydonlarini kengaytirishga ulkan eʼtibor berilayapti.

Bunday eʼtiborlar natijasida tumanimizda ham oʻz tomorqa yerida sabzavot koʻchatlarini yetishtirish, bilan shugʻullanishga kirishayotganlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Oq oltin ovulining Jiydali qulon aholi punktida istiqomat qiluvchi aholining deyarli barchasi oʻz tomorqalariga ekadigan ertagi ekinlar koʻchatlarini oʻzlari yetishtirishadi. Bundan tashqari, koʻkatlar, ertagi ekinlarni yetishtirib, bozorlarimiz toʻkinligiga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.

Yangiboy Qurboniyozov bir umr temir yoʻl sohasida ishlash bilan birga turmush oʻrtogʻi Robiya Qurboniyozova va farzandlari koʻmagida tomorqasida moʻl-koʻl hosil undirib, oilasini taʼminlabgina qolmay, ortganini sotib, foyda olib keldi. U nafaqaga chiqqanidan soʻng, tomorqasining 2 sotix joyida qoʻlbola usulda issiqxona qurib, oʻz tomorqasi uchun zarur ertagi ekinlar koʻchatlarini yetishtira boshladi. Har yili koʻchat uchun ajratiladigan mablagʻ tejalib, oʻz ehtiyojidan ortgan koʻchatlarni sotishdan daromad ham oldi.

Oradan oʻtgan 10-yilcha vaqt davomida Yangiboy aka va Robiya opalar koʻchat yetishtirish boʻyicha ulkan tajriba toʻplashdi. Oʻtgan yilning oʻzida shu 2 sotixlik issiqxonasida yetishtirgan koʻchatlaridan oʻz tomorqasiga ekkanlaridan tashqari olgan foydasi 10 mln. soʻmdan ziyod boʻldi.

Ayni kunda ularning issiqxonasida 80000 tupdan ziyod pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, baqlajon, manzarali gul koʻchatlari ochiq dalaga koʻchirib oʻtqazishga tayyor holga kelay deb turibdi. Ular avvalo oʻzlarining 8 sotixlik tomorqasiga koʻchirib oʻtqaziladi, ortgani yurtdoshlarimizga sotiladi, issiqxonaga kirgan odam qutichalarda koʻm-koʻk boʻlib turgan ekinlar koʻchatlarini koʻrib, qish zahri ketmagan kunlarda xuddi haqiqiy bahor tantanasini koʻrganday boʻladi.

Tajribali dehqon bu yil issiqxonasida kartoshka yetishtirishni ham yoʻlga qoʻyibdi. Ekin issiqxona yerini «oʻgʻirlamasligi» uchun maxsus qoplarga egatlar ustiga ekilgan.

Qoʻshni-qoʻshnidan erta uygʻonishni oʻrganadi deganlariday, Yangiboy akaning yon qoʻshnisi Bahrom Oʻrozimbetov ham issiqxonadan moʻl daromad olayotganlardan. U tomorqasidagi 2 sotixlik qoʻlbola usulda qurilgan issiqxonasida pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, ertagi karam koʻchatlarini yetishtirib keladi.

Oyimjon Pirimbetova ham issiqxonada koʻchat yetishtirishdan oila iqtisodini yaxshilashga muvaffaq boʻlayotganlarning biri. U 15-yildan beri farzandlari, kelini koʻmagida ertagi ekinlar va gul koʻchatlarini yetishtirib keladi. Har yili koʻklamda opaning asrab-avaylab undirgan gullari juda xaridorgir boʻladi.

Harakatda – barakat, deganlariday, yaxshi yashash, oʻz turmushini oʻzi obod, fayzli qilishga intilgan odam, albatta, maqsadiga erishaveradi.

O.RAJABOVA.  

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026