Istiqbolga intilgan yoşlar
Tumanimizdagi 22-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Öğiljon Bekmurodova "Çoyköl” ovulida yaşovçi oddiy dehqon Soliy aka Şomurodov oilasida tuğilib, voyaga yetdi. Örta maktabning boşlanğiç sinfidayoq maktab öqituvçilar jamoasining nazariga tuşgan Öğiljon 6-7-sinfdaligida özining çet tillarni örganişdagi alohida qobiliyatga egaligini amalda namoyiş eta oldi. U dastlab maktabda, keyinçalik maktablararo ötkazilgan "Bilimlar bellaşuvi”ning doimiy ğolibiga aylandi. 2013-yilgi "Bilimlar bellaşuvida frantsuz tili fani böyiça Respublika bosqiçida 1-örinni, Özbekiston miqyosida esa faxrli 4-örinni egalladi.
Tirişqoq va intiluvçan qiz Öğiljon Bekmurodova uçun 2014-yil yanada omadli keldi. U ketma-ket fanlar olimpiadasining tuman va respublika bosqiçlarida frantsuz tili böyiça faxrli 1-örinlarni egalladi va Özbekiston miqyosidagi bosqiçiga yöllanma oldi.
- Orzuim – tarjimon böliş, - deydi Öğiljon öz rejalari haqida gapirarkan. – Frantsuz va ingliz tillarini mukammal örganib, mamlakatimizning barça sohalardagi kuç-qudratini va salohiyatini butun dunyoga tanitiş.
Xalqimizda "Böladigan bola boşidan”, - degan ajoyib hikmat bor. Qişloqda tuğilib, qişloq maktabida tahsil olib, dunyo yoşlari bilan bellaşişga maʼnaviy kuç topib, istiqbolga dadil intilayotgan Öğiljonning intilişlariga omad yor bölsin, deymiz.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶