25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:52
Jamiyat 👁 240

TUMAN MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

TUMAN MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

16-aprel kuni Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va tumandagi fuqarolar yigʻinlari faoliyati bilan tanishish maqsadida respublika miqyosida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Aholi osoyishtaligini taʼminlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va mavqeini yanada mustahkamlash, shuningdek jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida 2020-yil 18-fevralda Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman boʻlimilari tashkil etilgan edi.

Oʻtgan qisqa davr mobaynida vazirlikka qarashli boʻlimlarda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yoshlar, ayollarni ish bilan taʼminlash, aholi daromadlarini oshirish, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Boʻlib oʻtgan respublika koʻrgazmali seminarida respublika tumanlari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshliqlari ishtirok etishib, bu borada Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ular dastlab Choykoʻl ovulida istiqomat qiluvchi Mahmudjon Norboyevning xonadonida boʻlishdi. Uning oilasida ayoli, uch nafar farzandi, jami besh kishi istiqomat qiladi. Er-xotin oʻz mutaxassisliklari boʻyicha doimiy ish bilan band boʻlsa-da, boʻsh vaqtlarida tomorqasida ishlab, moʻl hosil yetishtirib, oilasi iqtisodini yuksaltirishga erishishgan. 12 sotixlik tomorqasining 4 sotix joyida issiqxona tashkil etgan va yaxshi daromad olganligi uchun joriy yilda issiqxonasini kengaytirib, 8 sotixga yetkazgan.

Hozirgi kunda imtiyozli kredit hisobiga bunyod etilgan issiqxonada turli ertagi ekinlar koʻchatlari yetishtirilib, bozorga sotilayapti, ekilgan bodringlar hosilga kirgan. Oilada boʻlgan kishi yaxshi niyat bilan qilingan mehnat samarasi ham quvonarli boʻlishiga guvoh boʻladi. Yana bir eʼtirof etishga arzigulik jihat: Mahmudjon Norboyev ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlar va ayollarga oʻz tajribalarini erinmay oʻrgatib, ularni ham oʻz izidan ergashtirmoqda.

Koʻrgazmali seminar ishtirokchilari Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini binosida boʻlishib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, ayollarni kasb-hunarga oʻqitish borasida olib borilayotgan ishlar, “Buvijonlar maktabi” faoliyati bilan ham tanishdilar.

Shuningdek, tumanimizning Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, mahallada gulchilik bilan shugʻullanayotgan tadbirkor faoliyati, Qilichboy ovulida aholiga sport-sogʻlomlashtirish mashqlarda ishtirok etishi, dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan, yigʻin faoliyati bilan tanishish ham ularda zoʻr taassurotlar qoldirdi.

Mehmonlar tumanimizda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazida yaratilgan sharoitlar va ish faoliyati bilan tanishgach, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga yigʻildilar.

Yakuniy yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ishtirok etib, ishtirokchilarga tumanimizda oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yaratilgan sharoitlar amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar xususida gapirib berdi, fikr almashdi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvtalash vaziri Sogʻindiq Turmanov seminar ishtirokchilariga Amudaryo tumanidagi oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati bilan tanishishdan olgan taassurotlarini bayon etdi, respublikada obod va xavfsiz mahallalarni shakllantirish borasida topshiriqlar berdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026