Fuqaro A.Haytboyevaning murojaati yuzasidan rasmiy maʼlumot
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro A.Hayitboyevaning Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yöllagan videomurojaati tarqatilgan.
Murojaatda fuqaro A.Hayitboyeva Amudaryo tumanidagi çorva bozori hududidagi fuqaro O.Soatovning dökonida köp yillardan beri ijara asosida savdo faoliyatini amalga oşirib kelgani, fuqaro Ğ.Yusupov uşbu dökon binosiga noqonuniy egalik qilib, binoni firibgarlik yöli bilan unga sotmoqçi bölgani yuzasidan oçilgan jinoyat işi qonunga zid ravişda töxtatilganini bayon qilgan.
Uşbu murojaat böyiça Amudaryo tumani hokimligi şuni maʼlum qiladiki, fuqaro A.Haytbayeva tomonidan şu mazmunda Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga 2020-yil 22-iyun kuni yöllangan 16685-rr/20-sonli, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi nomiga 2020-yil 10-noyabr kuni yöllangan 23/4383-8/20-sonli, 2020-yil 24-noyabr kuni yöllangan 23/4601-8/20-sonli murojaatlar tegişli mutaxassislar tomonidan örganilib, öz muddatida javoblari berilgan.
Murojaatda körsatilgan holatlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan 354023/2020-3Lx-sonli jinoyat işi qözğatilib, tergov xarakatlari olib borilgan va jinoyat alomatlari yöqligi sababli mazkur jinoyat işi Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilgan.
Keyinçalik fuqaro A.Hayitboyevaning noroziligi sababli yozgan arizasiga asosan uşbu jinoyat işini tugatiş haqidagi qaror Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qöşimça tergov harakatlarini olib boriş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boşqarmasiga yuborilgan va qöşimça tergov harakatlari davrida ham uşbu işda jinoyat alomatlari yöqligi aniqlanib, mazkur jinoyat işi tugatilgan.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶