ÖZ FARZANDIGA BOLĞA, PIÇOQ BILAN JAROHAT YeTKAZGAN AYoLGA HUKM ÖQILDI
Yaratganning uluğ neʼmati – dunyoga keltirgan farzandini oq yuvib-oq tarab voyaga yetkaziş, ilm-maʼrifatli, odobli qilib tarbiyalaş har bir ota-onaning muqaddas burçidir.
Afsuski keyingi yillarda bu masʼuliyatga yengil qarab, farzandlari jismini, könglini jarohatlayotganlar ham uçramoqda.
Tumanimizning çekka ovullaridan birida istiqomat qiluvçi Halima (ism özgartirildi) ham şundaylar sirasiga mansub ekanligini öz harakatlari bilan oşkor etdi.
U turmuş örtoği “sen bilan yaşamayman, menga senday ayol kerak emas”, deb uyidan onasikiniga ketib qolganiga jahl qilib, alam ustida öz yaşaş xonadonida beş yaşar voyaga yetmagan qizining boş qismiga bir neça marta bolğa bilan urgan. Söng qöliga piçoq olib boş va öng barmoq qismlariga bir neça marta qasddan urib, qizaloqqa oğir şikast yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, qizaloqda boşning jarohati, boş miya yopiq jarohati, miya siljişi, boş suyagi öyilgan jarohati, böyin orqa tomon suyaklari sinişi, peşona jarohati, öng qöl 3-4 barmoqlar sinişi, öng qöl 4-barmoqning tirnoği tuşişi, böyinning orqa tomoni şilingan jarohatlari aniqlangan.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlarining körsatgan tibbiy yordamlari tufayli qizaloq omon qoldi. Biroq onasi yetkazgan bu azoblarni unuta olarmikan? Unga yana ona deya olarmikan?
Yaqinda Jinoyat işlari böyiça tuman sudida ana şu jinoyatni sodir etgan berahm ayolning işi muhokama etildi. Ehtiyot çorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan ayolga qilmişiga yaraşa jazo tayinlandi.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶