MAST BÖLDI VA... ÖZ OILASI RIZQINI QIRQDI
Yöl qoidasi – umr foydasi. Çunki oddiy yölovçimi, havaskor haydovçi yoki malakali haydovçimi, kim bölişidan qatʼiy nazar, yöl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilgandagina baxtsiz voqealarning oldi olinadi, yöl-transport hodisalari sodir etilişiga barham beriladi.
Lekin ming afsuski, inson hayoti uçun muhim ahamiyatga ega bölgan yöl harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida mamlakatimizda kuniga önlab yöl-transport hodisalari sodir etilib, köplab insonlar hayotdan bevaqt köz yumişmoqda. Köpinça bunday holatlarga spirtli içimlik isteʼmol qiliş, tezlikni oşiriş sabab bölayotgani sir emas.
Tumanimiz mahallalaridan birida yaşovçi fuqaro Asliddin Rahimov (ism-şarifi özgartirildi) özganing nomidagi yengil avtomobilni “Yöl harakati qoidalari”ning 12-bandida belgilangan avtomobilni mastlik holatda boşqarmaslik haqidagi talabni buzgan holda rulga ötirgani va tezlikni oşirgani uçun yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan töxtatildi. Agar u töxtatilmaganida yana bir mudhiş yöl-transport hodisasi sodir etilişi tabiiy edi.
Asliddin Rahimov bu harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi MJtKning tegişli moddalariga köra, maʼmuriy javobgarlikka tortildi va Amudaryo tuman Jinoyat işlari böyiça sudi tomonidan BHMning 25 baravari miqdorida, yaʼni, 6 mln. 125 ming söm jarima jazosiga hukm etildi. Uning mastlik oqibatida sodir etgan bu huquqbuzarligi oilasiga qimmatga tuşdi. Öz oila aʼzolarini oz emas, kamida bir oylik rizqdan ayirdi.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶