Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi
Joriy yil 30-mart kuni “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining ÖRQ-679-son Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.
Mazkur, qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 201-1-modda bilan töldirildi.
«2011-modda. Qonunçilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzişga omma oldida daʼvat qiliş Özbekiston Respublikasining qonunçilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzişga, şu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmoğidan, şuningdek matnni köpaytirişning bosma yoki boşqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qiliş, —bazaviy hisoblaş miqdorining oltmiş baravaridan sakson baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi».
245-moddaning birinçi qismi «201» raqamidan keyin «2011» raqami bilan töldirildi.
Jinoyat Kodeksi 158-moddasi uçinçi qismi «vositalaridan» degan sözdan keyin «telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmoğidan» degan sözlar bilan töldirildi;
244-modda birinçi va ikkinçi qismlar bilan töldirildi.
«Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga omma oldida daʼvat qiliş —bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravaridan uç yuz baravarigaça jarima yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Öşa harakatlar:
a) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmoğidan, şuningdek matnni köpaytirişning bosma yoki boşqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bölsa, —
bazaviy hisoblaş miqdorining uç yuz baravaridan tört yuz baravarigaça jarima yoki ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi»;
birinçi qismi uçinçi qism deb hisoblaniş belgilandi.
Şu bilan birga Özbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan «Axborotlaştiriş töğrisida»gi 560-II-sonli Qonuniga ham özgartişlar kiritildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶