25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:52
Jamiyat 👁 222

SOBIQ AFGʻONChI JANGChILAR XIVAGA SAYoHAT QILDILAR

SOBIQ AFGʻONChI JANGChILAR XIVAGA SAYoHAT QILDILAR

Afgʻon tuprogʻidan sobiq ittifoq qoʻshinlari olib chiqilganiga 32-yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, oʻzbekistonliklar koʻngliga solgan jarohatlari hali bitgani yoʻq. Chunki sobiq ittifoq armiyasi safida 65 ming nafardan ziyod oʻzbek oʻgʻlonlari ham afgʻon urushida ishtirok etgan, ularning 1500 nafari oʻzga yurt tuprogʻida halok boʻlgan, ayrimlari nogiron boʻlib qaytganlar.

Hozirgi kunda tumanimizda 280 nafar sobiq afgʻonchi askarlar istiqomat qilishadi. Oʻzbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan ulardan doimo xabar olinib, ijtimoiy himoyalash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu yilning 25-aprelida ushbu boʻlimning tumandagi vakili Bahodir Jumaniyozov boshchiligida tumanimizdagi bir guruh sobiq afgʻonchi jangchilar Xiva shahriga sayohatga borib keldilar. Sayohatni ular bino va inshootlari, aslida ochiq havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyodagi bir nechta  shahardan biri hisoblanmish Xivaning ichki qismi hisoblanmish Ichan-qalʼadan boshladilar. Insonni hayratda qoldiradigan ana  shu meʼmorchilik muzeyi xalq ustalarimizning yuksak meʼmorchilik sanʼatiga ega boʻlganligidan dalolat beradi.

Ichan qalʼaning maʼmuriy markazi – Juma masjidi XVIII asrning oxirida qayta qurilgan boʻlsa-da, sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini saqlab qolganligi sayohatchilarni oʻziga jalb etdi.

Eshiklar va panjaralari ajoyib oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, hujralari oʻziga xos ikkitalik Muhammad Aminxon Madrasasi Xorazmdagi oʻquv muassasalari orasida eng koʻhnasi hisoblanadi. Xiva xoni Shergʻozixon 1719-yilda Mashhadga muvaffaqiyatli safar qilganidan soʻng shu safari sharafiga bunyod etgan Shergʻozixon Madrasasi, Ichan qalʼaga kiriladigan 4 ta darvozalar, Pahlavon Mahmud maqbarasi ziyorati ham sayohatchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Xivaning diqqatga sazovor joylarida ular avval ham boʻlishgan. Biroq sobiq quroldoshlar bilan koʻklamning ayni iliq, yoqimli  kunida bamaylixotir sayohat qilish, xalqimizning zakiy, mahoratli hunarmand ustalari barpo etgan qadimiy inshootlarni kezish, bular haqda maroqli suhbat qurishning gashti oʻzgacha boʻldi.

Shu boisdan ham ushbu sayohatga homiylik qilgan tuman hokimligidan juda minnatdor boʻldilar.

Oradan necha-necha yillar oʻtsa-da, xotiralarini afgʻon urushida chekkan jabr-sitamlari, bevaqt halok boʻlgan bergunoh doʻstlari yodi tark etmagan, navqiron yoshida urush maydonida koʻrganlari hamon tushlariga kirib, ruhan ezilib yashaydigan sobiq askarlar uchun sayohat chinakam xursandchilik baxsh etdi. Ular tumanimizga qaytib kelar ekanlar, bugungiday dorilomon kunlarga, oʻzlariga koʻrsatilayotgan hurmat-eʼtiborga shukrona aytdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026