YeR SAYYoRASI KUNIGA BAĞIŞLANGAN TARBIYaVIY OÇIQ FAOLIYaT MAŞĞULOTLARI ÖTKAZILDI
Tarbiya – kişilik jamiyatining barça bosqiçlarida şakllanib, rivojlanib boradi va avloddan-avlodga ötib, har bir jamiyatda öziga xos mazmun kasb etadi.
Ayniqsa, maktabgaça taʼlim tizimida taʼlim bilan tarbiyaning uzviyligini taʼminlaş kiçkintoylar dunyoqaraşining şakllanişida muhim ahamiyatga ega. Yaqinda 5-sonli MTTning maktabga tayyorlov “A” guruhida oçiq faoliyat maşğulotlari ötkazilib, unda mazkur guruh tarbiyaçilari Xolida Hayitboyeva va Raya Kungratova tomonidan bir vaqtning özida ham taʼlim, ham tarbiyaviy maşğulotlar olib borildi. “Yer sayyorasi kuni” munosabati bilan taşkillaştirilgan tadbirda bolajonlar sayyoralar nomlanişini, ularning şakli, ranglarini örganişdi. Ular Yer sayyorasi – biz yaşab turgan muqaddas makon, uni asrab-avaylaşimiz, unda daraxtlar, gullar ekişimiz kerakligi haqida tuşunçaga ega böldilar.
Şuningdek, tadbir davomida bolajonlar tomonidan topişmoq, şeʼr va kuy-qöşiqlar aytildi.
Oçiq faoliyat maşğulotlari yakunida tarbiyaçilar özaro fikr va tajriba almaşdilar. 5-sonli MTT mudirasi X.Örozmetova, uslubçi G.Yöldoşeva, maktabgaça taʼlim taşkiloti tuman bölimi uslubçilari N.Örozmetova, N.Tojimurodovalar oçiq faoliyat maşğulotlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida öz fikr-mulohazalarini bildirişdilar.
Muyassar Xalillayeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶