YaGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI HAQIDA BILASIZMI?
Tobora ommalaşib borayotgan my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvçilarning interaktiv davlat xizmatlari töğrisidagi maʼlumotlardan erkin foydalanişini, şuningdek, elektron şaklda davlat xizmatlari körsatişni taʼminlovçi internet tarmoğidagi Özbekiston Respublikasining hukumat portalidagi maʼlumot-axborot portalidir. U hukumat tomonidan taşkil etilgan va hukumat nazorati ostidagi dasturdir.
Yagona portal foydalanuvçilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, şu jumladan, pulli asosda erkin foydalaniş maqsadida taşkil etilgan.
Portaldan tölaqonli foydalaniş hamda davlat organlariga murojaat qiliş uçun eng avvalo siz portalda röyxatdan ötgan bölişingiz kerak. Buning uçun portaldagi login orqali, ID.uz – Yagona identifikatsiya tizimidan röyxatdan ötgan bölişingiz zarur. Şu bilan birga, bugungi kunda elektron raqamli imzo va UzCard yordamida ham portaldan röyxatdan ötiş mumkin.
“Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonunga binoan, jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan yeri (poçta manzili) töğrisidagi maʼlumotlar körsatilmagan yoxud ular haqida yolğon maʼlumotlar körsatilgan, şuningdek, imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Şuning uçun ham davlat portalidan foydalanişda bir qator rasmiyatçilikni bajariş talab qilinadi.
ID.uzdagi raqamingiz bilan portaldan röyxatdan ötganingizdan söng, şaxsiy maʼlumotlaringiz aks etgan darça paydo böladi. Siz uşbu maʼlumotlarni tasdiqlab yoki tahrir qilib, “ruxsat beriş”tugmasini bosasiz.
“Mening arizalarim” bölimida Siz yuborgan arizalar röyxati, ularning holati va ularga berilgan javob xatlari bilan tanişişingiz mumkin.
Mansur TOJIBOYeV, tuman Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶