SAVOL BORMI? JAVOB BERAMIZ!
Savol bormi? Javob beramiz!
1-savol: - Buvimning merosini nomimga ötkazmoqçi edim. Ölim holati qayd etilmay qolgan ekan. Muddati ötgan ölim holati qanday tartibda qayd etiladi?
Javob: — Ölimni qayd etiş marhumning doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyi, ölim sodir bölgan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oşiriladi.
Ölimni qayd etiş töğrisidagi ariza ölim töğrisidagi tibbiy guvohnoma berilgandan keyin 3 kundan keçikmay berilişi kerak.
Ölimni qayd ettiriş töğrisida marhumning qarindoşlari va yaqin kişilari, şuningdek, tibbiy muassasa maʼmuriyati murojaat etişlari mumkin, ular ölim töğrisida tibbiy guvohnomani va marhumning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etadilar.
Ölim haqidagi tibbiy guvohnoma berilgan vaqtdan boşlab, uç kundan keyin, biroq bir yilgaça bölgan muddatda murojaat etilganida, ölim marhumning oxirgi yaşaş joyi yoki ölim sodir bölgan joydagi FHDYo organi tomonidan, bir yildan keyin murojaat etilganida esa marhumning oxirgi yaşaş joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.
2-savol: — Farzandlikka olişni rasmiylaştirişda FHDYo organiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Javob: — Oila Kodeksining 151-moddasida belgilanganidek, farzandlikka olişga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini közlab yöl qöyiladi.
Farzandlikka oliş bolani farzandlikka olişni istagan şaxslarning (şaxsning) arizasiga köra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olişning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga töğri kelişi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oşiriladi.
Farzandlikka oliş haqida özgartirişlar kiritiş sudning hal qiluv qarori asosida tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organida, farzandlikka olingan bolaning tuğilgan joyi özgartirilganda esa — farzandlikka oluvçilar doimiy yaşaydigan yoki vaqtinça turadigan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oşiriladi.
FHDYo organiga körsatib ötilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida uşbu qaror öz kuçini yöqotmaganligi haqida yozuv bölişi kerak.
Savollarga tuman FHDYo bölimi inspektori M.Eşmuradova javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶