“BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN HAR BIR UYGA” ŞIORI OSTIDAGI HUQUQIY TARĞIBOT TADBIRLARI DAVOM ETADI
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy yordam beriş, ijtimoiy va turmuş şaroiti oğir oilalarni, nogironligi bölgan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan himoya qiliş maqsadida Adliya bölimi tomonidan tumandagi ovul va mahallalar hududida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” şiori ostida tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda.
Şu yil 29-aprel kuni tumanimizdagi Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinida ham tarğibot tadbiri taşkil etilib, aholining murojaatlari qabul qilindi.
Tarğibot tadbiri Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi xududiy boşqarmasi, Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi xududiy boşqarmasi tomonidan 2021-yil 21-aprelda tasdiqlangan hamkorlik Memorandumi ijrosi yuzasidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarga mahallabay tamoyili asosida uyma-uy kirgan holda amalga oşirildi. Tadbir davomida aholi kundalik hayotda birlamçi ahamiyatga ega bölgan hamda oxirgi kunlarda qabul qilingan qonun va qonunosti normalari tuşuntirildi. Şu bilan birga mavzu yuzasidan tayyorlangan tarqatma materiallar, flayer, bukletlar ham tarqatildi.
Taʼkidlaş lozimki, tuman Adliya bölimi tomonidan ötkazilayotgan mazkur tadbir davomli bölib, rejaga muvofiq, şu yilning iyun oyi oxiriga qadar tumanning boşqa hududlarda ham ötkaziladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶