“OBOD QIŞLOQ”DA MADANIY DAM OLIŞ TADBIRI TAŞKIL ETILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan tumanda 2 ta mahalla, Jumurtov şaharçasi va Xitoy ovuli hududlari “Obod qişloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritildi.
“Obod qişloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida respublika byudjetidan 5 mlrd. 814 mln. söm, mahalliy byudjet mablağlari hisobidan 5 mlrd.814 mln. söm, tarmoq korxonalaridan 1mlrd. 110 mln. söm, aholi, tadbirkor va homiylar mablağlari hisobidan 16 mlrd. 840 mln. söm ajratilişi közda tutilgan bölib, ayni paytda hududlarda quriliş-taʼmirlaş işlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Dastur doirasida şu kunlarda Xitoy ovulida olib borilayotgan quriliş-taʼmirlaş işlari natijasida hududdagi binolar zamonaviy körinişiga keltirilib, uşbu maskan yanada körkamlaşmoqda.
30-aprel kuni Xitoy ovulida dastur doirasida amalga oşirilayotgan quriliş, obodonlaştiriş işlari bilan tanişiş maqsadidagi va bunyodkorlik işlarida qatnaşayotgan işçi-xizmatçilar, haşarçilar uçun madaniy dam oliş tadbiri taşkil etildi. Mazkur tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi masʼul xodimi Akbar Jonuzoqov, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev va tumandagi muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi masʼullari iştirok etdi.
Masʼullar dastlab hududda “Obod qişloq” Davlat dasturi doirasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdilar.
Ovuldagi fuqarolar yiğini maʼmuriy binosi taʼmirlanişi uçun 449,8 mln. söm mablağ ajratilgan bölib, şu kungaça pudratçi taşkilot tomonidan taʼmirlaş işlari 40 foizga bajarildi. Şuningdek, aholi va homiylar hisobidan 7,6 km. içki yöllarga 15 ta maxsus texnikalar yordamida toş yotqizilib, tekislaş işlari olib borildi. Şu paytga qadar 129 ta xonadonlarning taşqi fasad qismi oqlandi va 922 ta daraxtlarga şakl berilib, 786 ta daraxtlar ohaklandi. Ovul hududiga 1 ta transformator hamda 29 ta tayanç ustunlari örnatildi. Endilikda 77 ta elektr tayanç ustunlari, 2 ta transformatorni yangidan örnatiş hamda 7,4 km elektr tarmoqlarini tortiş işlari amalga oşiriladi.
Tadbir doirasida 4 ta sektorlar rahbarlari ham obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarida iştirok etib, "Obod qişloq" dasturi amalga oşirilayotgan Xitoy ovulidagi 85-sonli maktab oldiga arça köçatlarini ekdilar.
Şu kuni tuman Davlat xizmatlari markazi ovul aholisi uçun köçma davlat xizmatlarini körsatdi. Tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi işçilari ham haşarda qatnaşib, hududdagi bunyodkorlik işlariga öz hissalarini qöşdilar.
Tadbirning taşkiliy qismida masʼullar "Temir daftar" röyxatidagi oilalarga tikuv maşinalarini va qimmatbaho esdalik sovğalarini topşirdilar.
Madaniy dam oliş tadbirida Nukus şahri va Urgaç şahridan taşrif buyurgan estrada xonandalari, tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari şöx kuy-qöşiqlar ijro etib, barçaga xuşkayfiyat baxş etdilar.
Aytiş joizki, “Obod qişloq” dasturi doirasida Xitoy ovulida 18 ta ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini taʼmirlaş maqsadida homiylar biriktirilgan. Hududdagi aholiga suv yetkazib beruvçi 5 km. ariqlarda tozalaş işlari olib borildi. Avariya holatiga kelib qolgan 3 ta obʼektda buziş işlari bajarildi. Şuningdek, 6 ta ijtimoiy holati oğir bölgan oilalarga yangi hojatxonalar qurilib, 485 ta xonadonlarga gaz ballonlari yetkazib berildi.
Hududga 1,1 km. uzunlikdagi piyodalar yölakçasini quriş uçun 187,3 mln. söm mablağ ajratilgan bölib, bugungi kunda yölakning 870 metr qismi qurib bitkazildi. Yana 200 metr qismining yer işlari tayyorlab qöyilgan.
Ovul hududida sanitariya holatini yaxşilaş maqsadida çiqindilar uçun 8 ta konteynerlar örnatilişi rejalaştirilgan. Dastur doirasida 3,1 km irrigatsiya tarmoqlari, 9 km aloqa liniyalari tortiladi. Ovulda 4 ta tozalangan suv tarqatiş şoxobçalarini qurilib, 3500 nafar aholi toza içimlik suvi bilan taʼminlanadi. Aholi tomonidan 100 ta uy-joylar taʼmirlanadi va xududdagi 55 ta tabdirkorlar tomonidan Bozor infratuzilma obʼektlarini quriş va taʼmirlaş işlari amalga oşiriladi. Ayni paytda fuqarolarga qulayliklar yaratiş maqsadida turar joylarini taʼmirlaş uçun zarur bölgan quriliş materiallari şahar markazidan ovul hududiga yetkazib berilmoqda.
"Obod qişloq" dasturi amalga oşirilayotgan Amudaryo tumanining Xitoy ovulida quriliş va obodonlaştiriş işlarida qatnaşayotgan işçi-xizmatçilar va haşarçilar hamda ovul ahli uçun taşkil qilingan kontsert dasturi barça iştirokçilarda katta taassurotlar qoldirdi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶