ULUF AJDODLARIMIZNING MUNOSIB VORISLARIMIZ
Oradan neça asrlar ötsa-da dunyo tamadduniga munosib hissa qöşgan Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Uluğbek, Qozizoda Rumiy, Ali Quşçi, Mahmud Qoşğariy, Nizomiy Ganjaviy, Saʼdiy, Hofiz Şeroziy, Jomiy, Alişer Navoiy, Bobur va boşqa alloma bobolarimizning ilm-fan, adabiyot sohasidagi qoldirgan bebaho merosi dunyo hamjamiyatini hamon lol qoldirmoqda, öqib örganilmoqda, yangi-yangi kaşfiyotlarga asos bölmoqda, yanada teran tadqiq etilib, zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uçun xizmat qilmoqda.
Uluğ bobolarimizning aqlu zakosi ila yaratilgan tadqiqotlarning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli beqiyosdir. Xususan, matematika, trigonometriya va geografiya fanlari asosçisi Al-Xorazmiy önlik pozitsion hisoblaş tizimini, nol belgisini, qutblar koordinatalarini aniqladi va amaliyotga tatbiq etdi. Ahmad Farğoniy olamning tuzilişi, yerning ölçovi haqidagi ilk maʼlumotlarni aniqladi, yerning şarsimon körinişda ekanligi xususida fikrlarni ilgari surdi. Beruniyilk bor Yerning şarsimon globusini yaratişga qöl urdi, radiusini hisoblab çiqdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinç va Atlantika okeanlari ortida qitʼa mavjudligi töğrisida farazlarni örtaga taşladi. Ibn Sino bobomizning tibbiyot sohasidagi ilmiy kaşfiyotlari hozir ham öz dolzarbligini yöqotgani yöq. Uluğ ajdodlarimizning dunyo ilm fani, adabiyotiga qöşgan hissalari haqida öylaganingda ana şunday buyuk insonlarning avlodi ekanligingdan faxrlanib ketasan. Oradan ming yilça vaqt ötsa-da jahon tsivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qöşgan şarq allomalarining, mutafakkirlarining ilm-fanning turli yönalişlaridagi izlanişlari va tadqiqotlari oldida hamon hayratga tuşamiz. Butun dunyo ilm ahli bu merosni örganib, tadqiq etib, yangi-yangi kaşfiyotlar uçun manbaa sifatida foydalanayotganidan könglimiz iftixorga töladi. Ularning ilmiy merosi bugungi kunimiz uçun ham xizmat qilayotganidan quvonamiz.
Millionlab sayyohlarni öziga jalb qilayotgan noyob obidalari, boy tarixi, moviy gumbazlari bilan "Abadiy şahar” degan nom qozongan köhna va navqiron Samarqandda 16-may kuni "Örta asrlar Şarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferentsiyaning oçiliş marosimidagi Yurtboşimiz I.Karimovning nutqini qiziqiş va hayajon bilan tingladim.
Vatanimizda dunyomiqyosidagi bunday nufuzli anjumanning ötkazilişi har bir yurtdoşimizning qalbida faxr-iftixor uyğotişi şubhasiz. Uluğ alloma bobolarimizning ilmiy merosi tadqiq etilişi, bunga dunyo olimlarining diqqatini qaratiş – zamonaviy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qöşişiga, yangi-yangi kaşfiyotlarga yöl oçib berişiga işonaman. Qolaversa, bu ilmiy anjuman örta asrlarda şarqda yaşab ötgan alloma va mutafakkirlarning boqiy merosini tadqiq va tarğib etiş hamda ommaga yetkaziş yölida zahmatli mehnat qilayotgan köp olimlarning mehnatini rağbatlantiradi, hamkorligini taʼminlaydi, mazkur yönalişdagi işlarni izçil davom ettirişga çorlaydi. Anjumanda Yurtboşimizning sözlagan nutqini qayta-qayta öqib va tinglab, juda taʼsirlandim. Yoş avlodni uluğ mutafakkir bobolarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalaş borasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar xususidagi sözlari maʼruza bilan tanişgan heç bir xorijlikning diqqatini tortmay, havasini keltirmay qolmasligiga işonaman.
Özbekistonliklarning ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, adabiyotdagi bugungi erişayotgan yutuqlari aynan şu eʼtibor va imkoniyatlar natijasidir.
Men barça yoşlarimizni ana şunday uluğ bobolarimizning munosib vorislari bölişga intilib, hayotda katta marralarni közlab yaşaşga çaqiraman.
Mansur Örozboyev,
"Kamolot" YoIH tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶