21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:16
Salomatlik 👁 2,669

ONALIK VA BOLALIK MUHOFAZASI – barkamol avlodni voyaga yetkazishning asosidir

ONALIK VA BOLALIK MUHOFAZASI – barkamol avlodni voyaga yetkazishning asosidir

Onalik va bolalikni muhofaza qilish - davolash va xastalikning oldini olishga qaratilgan tibbiy yordam, homilador ayollarga maslahat berish, ularni onalikka tayyorlash, chaqaloqqa tugʻilish vaqtida malakali tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqni parvarish qilish, maktabgacha boʻlgan davrda bolaning salomatligini muhofaza qilish, jismoniy rivojlanishini, toʻgʻri ovqatlanishini, immunologik holatini nazorat qilish, maktab yoshidagi bolalarning salomatligini muhofaza qilish, uni jismoniy rivojlantirish, oʻsib kelayotgan organizm asosiy tizimlarining faoliyatini baholash, salomatlik holatida paydo boʻlgan oʻzgarishlarni aniqlash kabi masʼuliyatli vazifalardan iboratdir.

Ota-onaning farzand oldidagi burchi nihoyatda masʼuliyatli. Har bir ota-ona farzandi oldida oʻz otalik, onalik burchini xis etishi, unga javobgarligini toʻliq anglab yetishi lozim. Farzandlar tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona bilishi lozim.

Birinchi bosqich - nasl tarbiyasi, yaʼni bola tarbiyasi bola tugʻilmasidan 3-4-yil oldin boshlanishi zarur. Bunda farzand koʻrishni istagan ota-onaning boʻlajak farzandlari taqdiriga masʼuliyat bilan qarab, oʻzlarining salomatliklarini yaxshilashlari nazarda tutilgan.

Ikkinchi bosqich - homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlib, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davrida onalarga katta gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi.

Uchinchi bosqich - bola tugʻilganidan to 6-7 yoshgacha boʻlgan davr. Shu davrga kelib bolada ilk maʼnaviy tarbiyani boshlash, rivojlantirish davri boshlanadi. Bolaning bundan keyingi tarbiyasi oiladagi muhitga chambarchas bogʻliq boʻladi. Bunda oʻzaro hurmat va qattiq tartib boʻlmasa, oilaning barcha aʼzolari oʻz burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan mehr oqibat koʻrsatmasa, oilada voyaga yetayotgan farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir etadi. Chunki oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlar bir-birining, qoʻshnilarining salomatligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishni birinchi oʻringa qoʻyadi. Bu esa eng oliy darajadagi maʼnaviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Har qaysi millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir. Chunki, insonning eng pokiza tuygʻulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bagʻrida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan maʼnaviy mezon va qarashlar-yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topadi. Shunday ekan, farzandi barkamol boʻlmogʻini istagan ota-ona avvalo oilasida sogʻlom turmush tarzini yaratishi lozim.

O.Halimov,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026