18-may – Xalqaro muzeylar kuni. TUMAN TARIX VA ÖLKAŞUNOSLIK MUZEYIDA “OÇIQ EŞIKLAR KUNI” TADBIRI ÖTKAZILDI
Muzeylar – Xalq tarixining közgusi. Çunki xalq ötmişi, urf-odat va anʼanalari, turmuş tarzini ifoda etuvçi jamiki aşyolar, dalillar, osori antiqalar ana şu koşonada jamlanadi. Ösib kelayotgan yoş avlodning maʼnaviy dunyosini boyitiş, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat, bobomeros maʼnaviy qadriyatlarga mehr-muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalaşda muzeylarning örni beqiyos. Şu bois, butun dunyoda bölgani kabi mamlakatimizda ham 18-may – Xalqaro muzeylar kuni sifatida keng nişonlanadi, muzeylar faoliyatiga eʼtibor qaratilib, madaniy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etiladi, sayohatlar uyuştiriladi. Uşbu sana munosabati bilan tumanimizda taşkil etilgan Amudaryo tuman tarix va ölkaşunoslik muzeyida “Oçiq eşiklar” kuni tadbiri ötkazildi.
Maʼlumki, 9-may – Xotira va qadrlaş kuni – faşizm ustidan qozonilgan Ğalabaning 76 yilligi bayrami arafasida oçilgan tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi xalqimiz hayotida juda katta maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega voqea böldi. Yillar davomida zamonaviy meʼmoriy yeçimga ega muzey binosi bunyod etilişini orziqib kutgan xalqimiz uçun muzey foydalanişga topşirilgan kun katta şodiyonaga aylandi.
Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, muzey oldida taşkil etilgan ixçam ikki ayvondagi Ikkinçi jahon uruşi qurbonlarining ism-şariflari zarhal harflar bilan bitilgan lavhalar oldidan aslo beparvo ötiş mumkin emas. Bu lavhalarda bugungiday dorilomon kunlar uçun jonlarini fido etgan, xoklari uruş bölib ötgan yurtlarda qolgan yuzlab yurtdoşlarimizning nomlari qayd etilgan.
“Oçiq eşiklar” kuni tadbirida muzeyga taşrif buyurgan 42-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh öquvçi-yoşlari avval muzey oldida did va mahorat bilan bunyod etilgan gulzorlar, favvoralarni tomoşa qildilar, Marmar lavhalarda bitilgan, ikkinçi jahon uruşida şahid ketgan qahramon jangçi-bobolarining ism-şariflarini öqib, faxrlandilar. Motamsaro ona yodgorligi poyida turib, qiyofasida ona Yurt timsoli aks etgan, hamon jigarbandi yöliga közlari nigoron Onaizor uçun sukut saqlab, taʼzim bajo qildilar.
Şundan söng, faxriy ustoz, mustaqil izlanuvçi tarixçi va ölkaşunos Şavkat aka Çorşamov öquvçilarga uşbu muzeyning qurilişi, muzey eksponatlari, bezak işlari, muzey hovlisidagi zamonaviy meʼmoriy uslubdagi barça köriniş va manzaralarni bunyod etiş borasida amalga oşirilgan keng qamrovli işlar va bu boradagi tuman hokimligi tomonidan körsatilgan beğaraz yordam haqida batafsil maʼlumot berdi.
Öquvçi-yoşlar muzey eksponatlarini katta qiziqiş bilan tomoşa qildilar.

Xususan, tumanimizning bir neça yuz yillik tarixini özida aks ettiruvçi osori atiqalar, xalqimiz ötmişidan to bugunga qadar yetib kelgan bebaho yodgorliklar, hali ham aslini, qadr-qimmatini yöqotmagan turfa liboslar, turli davrlarga xos iş qurollari, rözğor buyumlari, tadbirkor ota-bobolarimiz tomonidan işlatilgan yoğ işlab çiqariş juvozlari, suv haydovçi çiğir va çarxpalak, madaniy-maʼrifiy hayotni özida aks ettirgan noyob qölyozmalar, manğitlik sanʼatkorlarga tegişli qadimiy sozlar, öquvçi-yoşlarda juda katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbir iştirokçilariga faxriy ustoz Şavkat aka Çorşamov muzeyning körgazma zallarida jamlangan har bir eksponat haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Öquvçi-yoşlar ham öz navbatida muzeydan olgan taassurotlari haqida sözlab, tumanimizda taşkil etilgan tarixiy-ölkaşunoslik muzeyiga sayohat uyuştirganliklari uçun 42-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari Farhod Bekberganov hamda ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi Robiya Yöldoşevaga minnatdorçilik bildirişdi.
Ikki qavatdan iborat muzeyning har bir bölimi alohida eʼtibor va did bilan bezatilgani muzeyga taşrif buyuruvçilar uçun maroqli sayohat qiliş muhitini yaratgan. Eksponatlarning nomlanişi, qaysi davrga xosligi, kim tomonidan muzeyga taqdim etilgani haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi sayohatçilarning qiziqişlarini oşiriş bilan birga, xalqimizning tarixiy-maʼnaviy ildizi nihoyatda teranligi, bobomeros urf-odat va anʼanalarning umriboqiyligini çuqur anglatadiki, bu esa har bir qalbda özi tuğilib-ösgan zaminga, Vatanga mehr-muhabbat tuyğusini yanada mustahkamlaydi.
Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan taşkil etilgan “Oçiq eşiklar” tadbirida faxriy ustoz, mustaqil izlanuvçi tarixçi-ölkaşunos Şavkat aka Çorşamov sayohatçi-öquvçilarga muzeylarning Vatanimiz, taraqqiyotida, madaniy-maʼrifiy hayotida tutgan örni ğoyat muhim ekanligini taʼkidlab, bu kabi sayohatlar öquvçi-yoşlar bilimini oşirişda, dunyoqaraşini kengaytirişda katta ahamiyatga ega ekanligini, muzey eksponatlarini yanada boyitişda har bir amudaryolik öz hissasini qöşişi zarurligini qayd etdi.
Darhaqiqat, muzeylar – ilm-maʼrifat öçoği. Ularda jamlangan tarixiy buyumlar, noyob qölyozmalar, Amu böyi ayollari kiygan turli davrlarga xos turfa liboslar, hunarmandçilik anʼanalarini özida mujassam etgan kulolçilik sanʼati durdonalari, qöyingki, muzeydagi jamiki eksponatlar yuksak bilim va salohiyat mahsuli ekanligini anglaş qiyin emas. Davr taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanib, taraqqiy etib borgan buyumlarning bugungi hayotimizdagi körinişi aynan ana şu tarixiy ildizlardan yaralgan va buni aslo inkor eta olmaymiz.
Tumanimiz tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi ham, taʼbir joiz bölsa, xalqimizning buyuk va betakror tarixining közgusi, ilm-maʼrifat öçoğidir. Bu maskanga har bir amudaryolik, har bir yoş, albatta taşrif buyurmoği joiz.
Muzeyga Amu eli tarixining teran ildizlaridan kuç olmoq uçun ham sayohat qilmoq kerak, azizlar!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶