“AYoLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN AYoLLAR TURMUŞI ÖRGANILDI
Mamlakatimizda Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev rahbarligida barça fuqarolar uçun obod va farovon turmuş tarzi şakllantiriş, aholining öz hayotidan rozi bölib yaşaşiga erişiş uçun uzluksiz saʼy-harakatlar olib borilayapti. Şu maqsadda mahallalar kesimida işsiz ayollar va yoşlar röyxatlari şakllantirilib, ularning har biri bilan yangiça tizim asosida manzilli işlaş uçun “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” taşkil etildi.
2020-yilning oktyabr-dekabr oylarida tumanimizda “Ayollar daftari”ni şakllantiriş uçun fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tavsiyasiga köra 40082 nafar xotin-qizlar bilan muloqot ötkazildi va yakuniga köra, 1932 nafar ayollar mazkur daftarga kiritildi. Şularning 1364 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj, 173 nafari boquvçisini yöqotgan ehtiyojmand, 74 nafari 1 va 11 guruh nogironligi bölgan ayollar, 13 nafari esa uy-joyi taʼmirlaşga muhtoj 1 guruh nogironligi bölgan, 19 nafari qaramoğida 1 va 2 guruh nogironligi bölgan farzandlari bor ayollar, 92 nafari tibbiy himoyaga, 12 nafari huquqiy yordam olişga, 75 nafari esa psixologik maslahatga muhtoj ayollar ekanligi belgilab olingan edi.
Ötgan davr mobaynida imtiyozli foizlarda ularning 201 nafariga kreditlar berilib, tadbirkorlik faoliyatini taşkil etişiga kömaklaşildi, hunar örganib işlaş istagini bildirgan ayollar kasb-hunarga öqitilib, tikuv maşinalari berildi. Şuningdek, oilasi tomorqasida işlab, oilasiga daromad keltiriş istagidagi 55 nafar ayollar qöllab-quvvatlanib, zarur yordamlar berildi. Boquvçisini yöqotgan ehtiyojmand 173 nafar ayollarga moddiy yordamlar berildi, 5 nafariga gözallik saloni taşkil etiş uçun jihozlar berildi.
Şu yilning 19-mayida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari Maryam Ahmedova rahbarligida maʼsul taşkilotlar, vazirliklar vakillaridan tuzilgan işçi guruh aʼzolari tumanimizda bölib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlarga moddiy, tibbiy, psixologik va maʼnaviy yordam körsatişning ahvoli bilan tanişdilar.
Masʼullar tumanimiz hududlarida bölib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 73 nafar ayollar xonadonlarida bölib, ularning yaşaş şaroitlari, turmuş tarzi, muammolari bilan tanişdi.
Bözyop ovuli hududidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari Maryam Ahmedova ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 20 tadan tovuq tarqatdi.
Kun davomida uyma-uy yurib, aholi turmuşi bilan tanişgan masʼullar tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga yiğildilar va bölim xodimlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari iştirokida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarni qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarni muhokama etdilar.
Şunisi eʼtiborliki, şu kungaça röyxatga olingan 1832 nafar xotin-qizlardan 370 nafarining iş bilan bandligi taʼminlanib, tadbirkorlik faoliyatini taşkil etib, doimiy daromad topişga erişayotgani, turmuşi yaxşilangani tufayli xalq deputatlari tuman Kengaşi qaroriga muvofiq ehtiyojmandlar daftaridan çiqarilgan. Şuningdek körsatilgan yordamlar tufayli soğliği tiklangan, dunyoqaraşi soğlomlaşgan ayollar ham bor.
Yiğilişda ijtimoiy, maʼnaviy moddiy yordamga muhtoj ayollarga yordam körsatiş, qöllab-quvvatlaşda erişilayotgan yutuqlar qatorida ayrim kamçiliklarga ham yöl qöyilayotganligi taʼkidlab ötildi hamda bartaraf etiş yuzasidan yöl-yöriqlar berildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶