Umumtaʼlim maktablarida "Sönggi qönğiroq" tadbirlari ötkazilmoqda
Bugun 25-may kuni mamlakatimizdagi barça maktablarda 2020/2021 öquv yili yakunlanişi munosabati bilan "Sönggi qönğiroq" tadbirlari bölib ötmoqda.
Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ötkazilayotgan tadbirlarda ham deputatlar, hokimlik masʼullari, muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari iştirok etib, öquvçilarni bugungi sana bilan muborakbod etmoqda.
Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev ham tumanimizdagi 14-sonli maktabda ötkazilgan tadbirda iştirok etib, öquvçilarga tabrik yölladi.
Tuman hokimining aynan uşbu maktabga taşrif buyurgani bejiz emas. Sababi, yaqindagina uşbu maktabning 11-sinf öquvçisi Balkumis Reimbayeva qozoq tili va adabiyoti böyiça ötkazilgan fan olimpiadasining törtinçi – mamlakat bosqiçida Özbekistonda 1-örinni oldi.
Tuman hokimi Balkumisni uşbu ğalabasi bilan tabriklab, uning otasi Tolegen Böranboyev va onasi Amangul Aytbayevaga, öqituvçisi Mayra Umirbayevaga tuman hokimligi nomidan, şaxsan özi nomidan çuqur minnatdorçilik bildirdi hamda öquvçi qizga smartfon sovğa qildi.
Tuman hokimi öz nutqida Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarining bitiruvçi öğil-qizlariga yöllagan tabrigi mazmun-mohiyatiga ham töxtalib ötdi. Davlatimiz rahbarining tabrigida taʼkidlanganidek, maktabni bitirib çiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi eʼtibordan çetda qolmasligi alohida qayd etildi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶