ÖQIB-ÖRGANIŞDAN ASLO TÖXTAMAYMIZ
Bugun mening, men kabi mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarini bitirayotgan 438 ming nafar tengdoşlarimning hayotida eng hayajonli, şu bilan birga quvonçli kun. Çunki bugundan biz jöşqin hayot sari mustaqil qadam taşlaymiz. Har birimizni ota-onamizday sevib, ardoqlab, taʼlim-tarbiya bergan aziz ustozlar, qadrdon maktabimiz bilan xayrlaşamiz.
Ayni şu daqiqalarda sönggi qönğiroq jaranggiga hamohang muhtaram Prezidentimizning biz – bitiruvçi-yoşlarga tabrigi ham qalblarimizda qayta-qayta jaranglamoqda. Bu – bizga bildirilayotgan ezgu tilak, Prezidentimizning yuksak işonçi!
“ - Men sizlarga işonaman, yoş döstlarim!” – dedilar Prezidentimiz mamlakatimiz yoşlariga qarata.
Çunki jonajon Özbekistonimizda biz yoşlarning öqib, bilim olişimiz, öz qobiliyatlarimizni amalda namoyon etişimiz uçun barça şaroitlar yaratib berilgan. Qolaversa, bitiruvçi yoşlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş joriy yilda 28 foizga yetkazilişi belgilangani har bir bitiruvçi qalbida umid, öziga işonç tuyğularini uyğotadi. Ayniqsa, sönggi 5-yilda bakalavriat bosqiçida 134 ta, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan taşkil etilgani biz bitiruvçilar uçun yangi imkon eşiklarini oçişi tabiiy.
- Örganiş, izlaniş va intilişdan aslo töxtamang! Sizlarning yutuq va ğalabalaringizga işonaman, aziz bolalarim!” – deya Prezidentimiz bizga işonç bilan oq yöl tilab turganlarida biz yoşlar ana şu işonç va yaratib qöyilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda öz orzularimiz sari dadil qadam taşlaymiz va Prezidentimizga söz beramiz:
- Yuksak işonçingizga munosib böliş uçun öqib-örganişdan aslo töxtamaymiz, Prezident bobo!
Qunduzoy QODIROVA, 42-sonli umumtaʼlim maktabi bitiruvçisi,
“Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶