19-sonli maktab öquvçisi mental arifmetika böyiça Xalqaro olimpiadada sovrindor böldi
Bugungi kunda har tomonlama yetuk maʼnan va jismonan rivojlangan şaxs tarbiyalaş, ayniqsa, yoşlarning öz örnini topişlari, egallagan bilimlarini kelgusi hayotga tadbiq eta olişi uçun ularni töğri yönaltiriş har bir öqituvçining asosiy vazifalaridan biridir. Bu boradagi işlarni zamon talablari darajasiga yetkaziş maqsadida tumanimizdagi 19-sonli maktabda turli xil tögaraklar taşkil etilgan. Xususan, sportning taekvando yönalişi, voleybol, basketbol hamda mental arifmetika tögaraklari faoliyat yuritmoqda, tögaraklarga tajribali ustozlar rahbarlik qilişadi.
Bugungi kunda odamlar orasida mental arifmetika iborasi tez-tez takrorlanadi. Çunki mental arifmetika – miya ikkala yarim şarining faol işlaşini taʼminlaydi, emotsional stressni yengillaştiradi, işçanlik faoliyatini yaxşilaydi.
Bolalar mental arifmetika bilan şuğullansa, qanday tafakkur qilişni örganadilar, tafakkur qilişni bilgan bola esa yangilik yaratişni sevuvçi novator bölib yetişadi. Mental arifmetikani örgangan öquvçi aniq fanlarni özlaştirişga qiynalmaydi, diqqatini jamlaşni örganadi xotirasi kuçayadi.
Maktabning mental arifmetika tögaragi rahbari, matematika fani öqituvçisi Zulfiya Matkarimovaning bu tögarakni taşkil qilganiga unçalik köp vaqt bölgani yöq. Tögarakka asosan 6 yoşdan 13 yoşgaça bölgan öquvçilar qatnaşadi. Tögarak aʼzolari şu qisqa vaqt içida abakusda sonlarni qöşiş, ayiriş, köpaytirişni örgandilar. Quvonarlisi şundaki, yaqinda mental arifmetika böyiça 8-Xalqaro olimpiada ötkazildi.
Olimpiadaga Qozoğiston Respublikasining Olmaota, Çimkent, Qarağanda, Petropavlovsk şaharlaridan, Rossiyaning Krasnodor, Sankt-Peterburg, Moskva, Kozon, Soçi şaharlaridan, Ukraina, Şveytsariya, Qirğiziston davlatlaridan hamda Özbekistonning Toşkent, Samarqand, Andijon, Farğona hamda Nukus şaharlaridan ham yoşlar qatnaşdilar. Bu olimpiadada 19-maktabning 2-a sinf öquvçisi Dinora Jabborberganova va 4-a sinf öquvçisi Mirsaid Jumaboyevlar ham muvaffaqiyatli iştirok etişdi.
Olimpiada onlayn bölganligi sababli natijalarni biroz kutişga töğri keldi. Çunki har bir öquvçining misol yeçişi videoga olinib, hakamlarga yuborildi. Olimpiada talablariga köra, har bir iştirokçining misol işlaş texnikasi tezligi hisobga olindi. 2 kundan söng natijalar eʼlon qilindi.
Ğoliblar orasida öquvçisining ismini körgan ustozning boşi osmonga yetdi. Çunki Dinora Jabborberganova 3-örinni egallagan, Mirsaid Jumaboyev faol iştiroki uçun sertifikat bilan taqdirlangan edi. Dinora va Mirsaidning xalqaro mental arifmetika olimpiadasida erişgan bu ğalabasi 19-sonli maktab pedagogika jamoasi hamda ularning maktabdoşlariga çeksiz quvonç bağişladi. Şu bilan birga tögarakka aʼzo böluvçilar safi yanada oşdi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶