NOGIRONLAR JAMIYaTI TOMONIDAN BOLALAR KUNIGA BAĞIŞLAB TADBIR ÖTKAZILDI
Ona aziz farzandi uçun yaşaydi. Unga umrini baxşida etadi. Uning ulğayişi, voyaga yetişi uçun jon kuydiradi. Davlatimiz ham bağrida ösayotgan yoş avlod uçun qayğuradi.
1-Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni sifatida keng nişonlanadi. Uşbu sana munosabati bilan har yili mamlakatimiz böylab turli tadbirlar ötkaziladi. Bu sanani bayram sifatida nişonlaş 1925-yili Jenevada bolalar farovonligi böyiça butunjahon konferentsiyasida eʼlon qilingan. Şundan buyon, jahonning köplab mamlakatlarida uşbu kunga bağişlab, keng miqyosdagi tadbirlar bölib ötadi.
Tumanimizda ham sana munosabati bilan turli tadbirlar ötkazilmoqda.
Şu yil 21-may kuni Özbekiston nogironlari jamiyati Amudaryo tumani bölinmasi tomonidan Amudaryo muhandislik texnikumi binosida, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlab, imkoniyati çeklangan yoşlar örtasida “Maftunkor ranglar jilosi” deb nomlangan körik-tanlov ötkazildi.
Tadbirni Amudaryo muhandislik texnikumi direktori Maqsud Yöldoşev oçib berdi. Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi xodimi Gavhar Çimbayçiyeva, tuman Xalq taʼlimi bölimi Tatʼyana Pirlepesova, Yoşlar işlari agentligi mutaxassisi Abrorbek Haytboyevlar qatnaşdilar.
Tadbirda taʼkidlanganidek, mazkur sanani mamlakatimizdagina emas, balki, dunyoning 50 ga yaqin davlatlarida bayram sifatida qabul qilişgan. Umumjahon bolalar kuni bu nafaqat bolalarning kimligini balki, dunyo böylab zöravonlikkka duç kelgan, nogironligi bor bolalarning ham haq-huquqlari davlat himoyasida ekanligini anglaş kuni sanaladi. Baʼzi davlatlarda bolalarni işçi kuçi sifatida işlatişadi, köçalarda oç-nahor, boşpanasiz yaşaydilar. Mamlakatimizda esa bolalar 7 yoşdan boşlab, qöliga kitob berib, öqişga, yozişga örgatiladi.
Keng jamoatçilikning diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilişga, baxtli bolalikka ega bölişlari va öz mamlakatining töla-tökis fuqarosi bölib ösişlariga qaratiş “Bolalarni himoya qiliş kuni” ning asosiy maqsadi hisoblanadi.
“Maftunkor ranglar jilosi” tanlovida iştirok etgan bolajonlar turli ranglarda öz orzu-maqsadlari, musaffo osmon, gözal Vatan, tinçlik ramzlari aks etgan rasmlar çizib, hakamlar va tomoşabinlar eʼtiborini qozondilar. Tanlovda öz mahoratini namoyiş etgan 69-sonli maktabning 7-sinf öquvçisi Zulayho Karimboyeva tanlov ğolibi deb topildi.
Tadbir davomida tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Roza Rajabova, hamşira Muqaddas Allabergenovalar nogiron bolalarni tibbiy körikdan ötkazişdi va ularga tegişli, zarur maslahatlar, tavsiyalar berişdi. Şuningdek, tuman hokimligi, Xalq taʼlimi bölimi Kasaba uyuşmasi tomonidan 22 nafar imkoniyati çeklangan bolalarga sovğalar, turli xil şarbatlar va şirinliklar tarqatildi.
Şundan söng, tuman Madaniyat bölimi havaskorlari va 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Dasturdan örin olgan baxtli bolalik, Vatan haqidagi xuşnavo va şöx qöşiqlar, dilrabo raqslar barça iştirokçilarga özgaça kayfiyat baxş etdi.
SEVARA ISMOILOVA, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶